“Borussiya Dortmund” ustozi Xolandni nima uchun boshlang'ich tarkibda maydonga tushirmayotganiga izoh berdi
07 fev 2020 07:10
Yangiliklar


“Borussiya Dortmund” ustozi Xolandni nima uchun boshlang'ich tarkibda maydonga tushirmayotganiga izoh berdi
Lyusen Favr Erlingni asrayotganini takidladi.
“Men Xolandning asosiy tarkibda maydonga tushishini birinchilardan bo'lib xohlayman. Biroq siz shunchaki uning hozirgi jismoniy holatidan bexabarsiz. Sizda bu haqida malumotlar yo'q. Bunday holatlarda aqlli bo'lib qolishimiz kerak. U endigina 19 yoshda. Ehtiyotkorlikni saqlab, mavsum avvalidagi jarohatlarini eslash kerak”, — deydi Favr.
Eslatib o'tamiz, Xoland Bundesligadagi dastlabki 4 ta o'yinida zaxiradan o'yinga qo'shilib, 8 ta gol urdi va rekord o'rnatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar