"Borussiya D" xavbeki jamoadan ketmoqchi
17 jan 2024 21:21
Yangiliklar
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jovanni Reyna jamoani tark etish istagida. Bu haqda ESPN o'z manbalariga tayanib xabar berdi.
Futbolchining agenti Angliya, Ispaniya va Franciyaning ko'plab jamoalariga o'z xizmatlarini taklif qilgan. Ustuvor variant – La Liga. "Asalarilar" amerikalik futbolchini 15 million evroga sotishga tayyor.
Reyna ko'proq o'yin vaqtini olish uchun ham ijara, ham to'liq transferni ko'rib chiqishga tayyor. 21 yoshli xavbek joriy mavsum Bundesligada bor-yo'g'i 9 ta o'yinda qatnashdi va har bir o'yin o'rtacha 25 daqiqani maydonda o'tkazdi.
Fikrlar