“Borussiya D” Favrni istefoga chiqardi, uning o'rnini vaqtincha kim egallashi malum
13 dek 2020 19:25
Yangiliklar


“Borussiya D” Favrni istefoga chiqardi, uning o'rnini vaqtincha kim egallashi malum
Dortmunliklar Bundesliga 11-turida o'z maydonida “SHtutgart”ga sharmandali hisob (1:5) bilan mag'lub bo'ldi.
SHu tufayli klub rahbariyati bosh murabbiy Lyusen Favrni lavozimidan ozod etishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Bild. Favrning o'rnini esa vaqtinchalik uning yordamchisi Edin Terzich egallaydi.
“Arilar” chempionatda peshqadam “Bavariya”dan 5 ochko ortda qolgan holda 5-o'rinda bormoqda. ECHLda esa jamoa 1/8 final masalasini hal etgandi.
Favr “Borussiya D” boshqaruviga 2018 yil kelgan va Germaniya Superkubogi-2019'da zafar quchgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar