"Borussiya D" 15 yoshli hujumchini ECHL qaydnomasiga kiritadi. U turnir rekordini yangilashi mumkin
12 okt 2020 21:23
Yangiliklar


"Borussiya D" 15 yoshli hujumchini ECHL qaydnomasiga kiritadi. U turnir rekordini yangilashi mumkin
Mukoko "B" ro'yxatga kiritilgan. U 20 noyabr kuni 16 yoshga to'ladi, shundan so'ng Bundesliga va ECHLda o'ynash huquqiga ega bo'ladi. Agar Mukoko 24 noyabr kuni o'tkaziladigan "Bryugge" bilan o'yinda maydonga tushirilsa, CHempionlar Ligasi tarixidagi eng yosh debyutantga aylanadi. Amaldagi rekord Selestin Babayaroga tegishli bo'lib, nigeriyalik sobiq futbolchi "Anderlext" tarkibida turnirda debyut qilganida atigi 16 yosh-u 84 kunlik edi.
Malumot uchun, Mukoko Kamerunda tug'ilgan, ammo Germaniyaning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoasi safida 2 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan.
Mukoko 12 yoshidayoq 17 yoshlilar jamoasida o'ynar edi. U hozir 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar chempionatida to'p tepadi. O'tgan mavsum 20 o'yinda 34 ta gol urgan o'yinchi liganing eng yaxshi to'purariga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar