"Bornmut" Terrini ijaraga olmoqchi
11 jan 2017 11:32
Yangiliklar
"Bornmut" Terrini ijaraga olmoqchi
"CHelsi" himoyachisi Jon Terri mavsumni "Bornmut" safida ijarada tugatishi mumkin.
Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Manbaning malum qilishicha, "Bornmut" transfer imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Oldinroq, "CHelsi" Terri bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligi malum bo'lgan edi. 36 yoshli futbolchining "ko'klar" bilan kelishuvi 2017 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Terri milliy chempionatda beshta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar