Bonuchchi "Yuventus"ni "Tottenxem"ga almashtirishi mumkin
17 okt 2022 12:20
Yangiliklar


Bonuchchi "Yuventus"ni "Tottenxem"ga almashtirishi mumkin
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini Angliyada davom ettirish ehtimoli mavjud.
Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli italiyalik Turin klubi rahbariyatiga qishki transfer oynasida jamoani tark etishni istayotganini aytgan. U "Tottenxem"ga yo'l olish ehtimoli yo'q emas.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" bosh murabbiyi "Yuventus" sobiq ustozi Antonio Konte hisoblanadi.
Bonuchchi joriy mavsum "Yuventus" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 24

Fikrlar