Bonuchchi Ronaldu haqida: “Eng buyuklar ham xato qiladi”
13 iyu 2020 09:35
Yangiliklar


Bonuchchi Ronaldu haqida: “Eng buyuklar ham xato qiladi”
“Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya Kubogi yarim finali javob o'yinida “Milan” darvozasini penaltidan ishg'ol qila olmagan jamoadoshi Ronaldu haqida gapirdi.
“Eng asosiysi — kvalifikaciyadan o'tib olish. Endi biz Rimda o'ynashimiz va mavsumdagi birinchi sovrinimiz uchun kurashishimiz mumkin. Uch oydan so'ng bo'm-bo'sh stadionda o'ynash biroz g'alati ko'rindi. “Milan” esa 10 kishi bo'lib qolsa ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Hatto eng buyuklar ham xato qiladi. Biz hali buyuk “Yuventus” va buyuk Ronalduni ko'ramiz”, — deydi Bonuchchi.
Malumot uchun, Italiya Kubogi finali 17 iyunda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar