Bonuchchi Polsha va Bosniyaga qarshi o'ynamaydi
14 noy 2020 23:31
Yangiliklar
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Polsha, shuningdek, Bosniya va Gercegovina termalariga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi o'yinlarda Italiya milliy jamoasiga yordam bera olmaydi. Futbolchi allaqachon "Skuadra Adzurra" lagerini jarohat tufayli tark etgan.
Malumot uchun, "Moviy gvardiya" 15 noyabr kuni o'z maydonida Polshani qabul qiladi, 3 kundan keyin esa Bosniya va Gercegovina terma jamoasi maydonida mehmon bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar