Bonuchchi: "Lechche" bilan 1:1da De Ligt aybdor emas"
27 okt 2019 16:40
Yangiliklar


Bonuchchi: "Lechche" bilan 1:1da De Ligt aybdor emas"
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Lechche"ga qarshi durangdan (1:1) so'ng jamoadoshi Mateys De Ligtni qo'llab-quvvatladi.
To'p gollandiyalik futbolchining qo'liga tekkanidan so'ng, "Lechche" penalti tepib, hisobni tenglashtirdi.
"Bunday vaziyatlar sodir bo'lib turadi. Mateys havotir olmasa ham bo'ladi, chunki hamma xato qiladi.
U iqtidorli yigit va biz unga ishonamiz. Unda qo'rquv paydo bo'lishi mumkin, ammo bu o'tib ketadi.
Lechchedan bir ochko bilan qaytganimiz de Ligtning aybi emas. Bernardeski va boshqa futbolchilar vaziyatdan foydalana olmagani uchun shunday bo'ldi" - deydi Bonuchchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar