Bonuchchi, Kellini, Zanolo, Skamakka va Kin JCH-2022 saralash o'yinlari uchun Italiya terma jamoasiga chaqirilishdi
28 avg 2021 08:33
Yangiliklar
Bonuchchi, Kellini, Zanolo, Skamakka va Kin JCH-2022 saralash o'yinlari uchun Italiya terma jamoasiga chaqirilishdi
Ilk bor milliy jamoadan "Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka chaqiruv oldi, "Roma" o'yinchisi Nikolo Zanolo esa tarkibga qaytdi.
Murabbiy Roberto Manchini uch o'yinga 34 nafar o'yinchini chaqirdi.
Evro-2020ni yutgan 26 o'yinchidan 25 nafari tarkibda. Faqatgina jarohat olgan Leonardo Spinaccola yo'q.
Darvozabonlar: Janluidji Donnarumma (PSJ), Perluidji Gollini («Tottenxem»), Aleks Meret («Napoli»), Salvatore Sirigu («Jenoa»).
Himoyachilar: Franchesko Acherbi («Lacio»), Alessandro Bastoni («Inter»), Kristianu Biragi («Fiorentina»), Leonardo Bonuchchi, Jorjo Kellini (ikkisi ham – «Yuventus»), Jovanni Di Lorenco («Napoli»), Emerson («Lion»), Alessandro Florenci («Milan»), Manuel Ladzari («Lacio»), Janluka Manchini («Roma»), Rafael Toloi («Atalanta»).
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella, Stefano Sensi (ikkisi ham – «Inter»), Brayan Kristante, Lorenco Pellegrini, Nikolo Dzanolo (barchasi – «Roma»), Jorjino («CHelsi»), Gaetano Kastrovilli («Fiorentina»), Manuel Lokatelli («Yuventus»), Matteo Pessina («Atalanta»), Marko Verratti (PSJ).
Hujumchilar: Andrea Belotti («Torino»), Domeniko Berardi, Jakomo Raspadori, Janluka Skamakka (barchasi – «Sassuolo»), Federiko Bernardeski, Federiko Keza (ikkisi ham – «Yuventus»), CHiro Immobile («Lacio»), Lorenco Insine («Napoli»), Moyze Kin («Everton»).
Fikrlar