Bonaventura uchun bosh da'vogar klub nomi ma'lum bo'ldi

Alisher
18 apr 2020, 18:23
"Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura katta ehtimol bilan "Lacio"ga o'tadi.

Xabarlarga ko'ra, Rimning "Lacio" klubi Jakomo uchun bosh da'vogar hisoblanadi.

Bonaventura erkin agent maqomida "Lacio" tarkibiga qo'shiladigan ikkinchi o'yinchiga aylanishi mumkin. Oldinroq, Rim klubi "Eybar" o'yinchisi Gonsalo Eskalante bilan kelishuvga erishgandi.

Simone Inzagi Jakomoni qadrlaydi va u bilan Rimda ishlashni xohlamoqda. Simonega Bonaventuraning taktik moslashuvchanligi yoqadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.sky.it