

ESPN nashrining xabariga ko'ra, bu transfer amalga oshishinini portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo istamoqda. Uning fikricha, “MYU”ga aynan Zlatan Ibragimovich va Ueyn Runi singari hujumchilar yetishmayapti.
Qayd etish kerak, “Los-Anjeles Geleksi” hujumchisi Zlatan 2016 yil yozidan to 2018 yil mart oyigacha “mankuniyanliklar” tarkibida 53 o'yinda harakat qilgan va 29 marotaba raqib darvozabonlarini ranjitgan.
Avvalroq, 37 yoshli Zlatanga uning yana bir sobiq jamoasi (2010-2012 yillarda o'ynagan) “Milan” klubidan ham qiziqish bildirilayotganligi OAV tomonidan ma'lum qilingandi.



