Boliviyada tragediya
20 may 2019 12:10
Yangiliklar
Tragediya mamlakat chempionatining 25-turi doirasidagi "Olveys Redi" va "Petrolero" jamoalari o'rtasidagi o'yin vaqtida sodir bo'ldi. O'yinning ikkinchi taymida hakamning yuragi to'xtab qolgan. Ikkala jamoa shifokorlari hakamga yordam berishga harakat qilishgan. Hakam shifoxonaga yuborilgan, ammo vrachlar ham uni qutqara olishmagan.
SHifokorlar Urtadoni stadionning o'zida qayta tiriltirishga muvaffaq bo'lishgan, biroq shifoxonada yurak yana urishdan to'xtagan va hakam vafot etgan.
Boliviya prezidenti Evo Morales o'zining Tvitter sahifasida hakamning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar