So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

Bolgariyadagi Xalqaro musobaqada Samarqandning BO'SM-2 jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritdi Yangiliklar

Bolgariyadagi Xalqaro musobaqada Samarqandning BO'SM-2 jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritdi

2018 yilning 4-9 aprel kunlari Bolgariya Respublikasining Samokov va Borovec dam olish maskanlari sport bazasida Borovec Samokov 2018 futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqaga Evropa va Osiyo mintaqalarining professional futbol klublariga qarashli futbol maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilari jalb etildi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra o'yinlar 4 ta yosh toifasiga bo'lingan holda tashkil qilindi. Ushbu musobaqada yurtimizning “Spartak” futbol maktabi va Samarqandning “BO'SM-2”  jamoalarining 2007 yilda tug'ilgan futbolchilari ishtirok etishdi.

Ulardan tashqari, musobaqada “Ripsli Sportis”, “Marek”, “Metal”, “Rozova Dolina”, “Rila” (barchasi Bolgariya) hamda “Winner” (Kosovo) jamoalari qatnashdi.

Turnirda Umidjon Xatamov boshchiligidagi Samarqandning “BO'SM-2” jamoasi  muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o'rin uchun o'tkazilgan bahsda Kosovoning “Winner” jamoasini 7-1 hisobida mag'lub etdi hamda faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика