So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  4 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  68 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  57 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  12 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  21 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  14 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  15 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  259 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  3

Bolaligida karatechi bo'lishi kutilgan, zaxira o'rindig'i bilan mushtlashgan hamda 35 dollar evaziga tabrik yo'llaydigan "Nasaf"ning argentinalik futbolchisi bilan tanishamiz Yangiliklar

Bolaligida karatechi bo'lishi kutilgan, zaxira o'rindig'i bilan mushtlashgan hamda 35 dollar evaziga tabrik yo'llaydigan "Nasaf"ning argentinalik futbolchisi bilan tanishamiz

Teglar :  Andres CHavesNasaf
SHuningdek, uning kumiri kim ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Andres Elisio CHaves 1991 yilning 21 martida Argentina poytaxti Buenos-Ayres provinciyasidagi Salto shahrida tavallud topgan. U dastlabki sabog'ini olti yoshidan boshlab do'sti Meli bilan birgalikda "Salto Sports"da o'zlashtiradi.

"Andres olti yosh bo'lishiga qaramasdan, jismonan o'z tengqurlaridan ustun edi", dedi "Salto Sports" vice-prezidenti Patricio Garavano.

CHaves jamoadoshlari bilan yosh toifasida mahalliy chempionatda zafar quchdi. U bolaligidanoq hujumchi sifatida o'ynagan va tezligi bilan barchani hayratda qoldirgan.

Andres oilada besh farzandning biri edi, uning oilasida uch o'g'il va ikki qiz voyaga etgan. Andresning otasi Albertoning aytishicha, bolakay kichikligidan shaddod bo'lgan. 

"Biz uni karatechi bo'ladi, deb o'ylagandik. O'g'lim boksni ham yaxshi ko'rardi. U doim kimlar bilan tepishib yurardi, shu bois shikoyat bilan bizni maktabga ko'p chaqirishardi".

U otasining qurilish ishlarida yordamlashardi. CHelakda suv tashirdi va qorishma tayyorlardi. Keyinchalik El Negro "Banfild"ga sinovdan o'tgani yo'l oladi. Uning borishiga dastlab onasi Grasiela qarshilik qilgan. 

"O'sha lahzalarni hamon unutmayman. Qaror qabul qilish oson bo'lmagandi. Andres elkasiga qora ryukzagini ildirdi, boshiga kepkasini kiydi hamda ko'rikka ketdi", dedi bo'lajak yulduzning otasi.

CHaves bir hafta davomida ko'rikdan o'tdi va Silvio Marzolini uni olib qoladi.

"Men allaqachon ona shahrimga qaytishga taraddud ko'rayotgandim, biroq menga bu erda qolishim kerakligini aytishdi".

"U ajoyib qobiliyatga ega edi, men hech qachon bunchalik kuchli o'yinchini ko'rmaganman", — dedi o'yinchining sobiq murabbiyi Silvio Marzolini. — U raqib darvozasi yonida xavf yaratishi va ko'p gol urishi mumkin".

Andres "Banfild"dagi debyutini 2011 yilning 19 iyun sanasida Argentina chempionati doirasida "Florenco Sola" stadionida "San-Lorenso"ga qarshi o'tkazdi. Sebastyan Mendesh uni CHakki Ferreyra o'rniga so'nggi daqiqalarda maydonga tushirdi.

"Uning harakatlari ajablanarli edi, chunki u hujumchi bo'lishiga qaramay, yarim himoyachilar bilan tengma-teng, balki ulardan ko'proq yugurdi", — deydi Mendesh. Ehtimol uni Podolskiga qiyoslash mumkin. U kam kuch sarflab, darvozaning to'qqizligi tomon yaxshi zarba yo'llay oladi".

2012 yilning 26 fevralida "Racing"ga qarshi duelda Andres penaltini aniq amalga oshirib, o'zining birinchi golini urdi. O'sha yili "Banfild" quyi ligaga tushib ketdi, ko'pgina yulduzlar esa jamoani tark etdi. Bazi takliflar kelishiga qaramay, CHaves klubda qolishga qaror qildi. Ikki mavsumdan so'ng CHaves 31 gol bilan jamoaning elitaga qaytishga yordam berdi. Uch yil davomida u "Banfild" safida 92 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta to'p kiritgan.

"Banfild" menga borini berdi, shu bois klubga yordam berish uchun jamoada qolishga qaror qildim. Birinchi divizionga qaytishni maqsad qilgandim. Maqsadimga erishmasdan qaergadir shoshib ketishni xohlamadim".

2014 yilning yozida esa Andres 1,6 mln evro evaziga "Boka Xuniors"ga yo'l oldi. 10 avgust kuni "Nyuells Old Boyz"ga qarshi o'yinda u klub safida debyut qildi. 31 avgust kuni esa "Veles Sarsfild"ga qarshi bahsda CHaves “Boka” safida ilk golini urdi. 2015 yilda u klubga mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritishda yordam berdi.

2016 yilning 28 iyulida Andres Braziliyaning “San-Paulu” klubiga bir yilga ijaraga berildi. 31 iyul kuni "SHapekoense"ga qarshi o'yinda u Braziliya A seriyasida debyut qildi. 5 avgust kuni “Atletiko Mineyro”ga qarshi bahsda u jamoa safidagi ilk golini urdi.

2017 yilning 14 avgust sanasida CHaves Greciyaning "Panatinaikos" klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Greklar 1,6 mln evro evaziga futbolchining 50 foiz huquqini sotib oldi. 20 avgust kuni "Plataniya"ga qarshi o'yinda (1:1) u Greciya Superligasida debyut qildi va yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi. Ammo uning Greciyadagi faoliyati muvaffaqiyatsiz o'tdi. Turli jarohatlar va kelishmovchiliklar hujumchining o'ynashiga to'sqinlik qildi. Hatto u davolanish vaji bilan klub ruxsatisiz Argentinaga ketib qoldi va ortga qaytmadi. CHevas greklar safida atigi 8 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. "Panatinaikos" esa deyarli emagan somsasi uchun kattagina mablag' to'lashiga to'g'ri keldi.

2018 yilning 16 yanvarida CHaves Argentinaga qaytib, "Hurakan" klubi bilan shartnoma imzoladi. Transfer summasi 1,3 mln evro atrofida bo'lgan. "Hurakan"dagi uch mavsum davomida forvard 59 o'yinda raqiblari darvozasini 15 marotaba ishg'ol qildi.

2020 yilning avgustida Andresda koronavirus aniqlandi va 10 kun mobaynida izolyaciya qilindi.

El Negro so'ngra "AES Limassol" va "Vilstermann"da malum muddat o'ynadi. 2022 yil esa "Banfild"ga qaytdi.

"Bu transfer men uchun yangi imkoniyat taqdim etadi. Hujumchi sifatida gol urishga, g'alabalarga hissa qo'shishga va murabbiylar taktikasiga moslashishga harakat qilaman". 

Joriy yilning aprel oyida o'tkazilgan "Banfild" — "Central Kordoba" uchrashuvining birinchi bo'limi yakunlanishiga o'n daqiqa qolganda, hakam "Kordoba" darvozasi tomon penalti belgilaydi. CHavezning 11 metrdan yo'llagan zarbasini esa raqib posboni Markos Ledesma qaytaradi. Keyinroq CHaves hushtaklar sadosi ostida zaxiraga olinadi. O'z o'rniga etib borgach, hujumchi ko'zyoshlarini tiya olmaydi. 

VIDEO

"Barrakas"ga qarshi bahsda ham u zaxiraga olingach, murabbiy qaroridan norozi bo'lib, alamini o'rindiqdan olgan. 

VIDEO

Iyun oyida esa futboldan tashqari vaziyatda qo'lini sindirib oldi va bir haftaga safdan chiqdi. Mavsum davomida hujumchi 19 uchrashuvda 1000 daqiqa harakat qilib, atigi bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Kuni kecha 32 yoshli argentinalik markaziy hujumchi Qarshining "Nasaf" klubi bilan (0,5+1 yillik) shartnoma imzoladi. Ehtimol, uni "Andijon"ga qarshi ikkinchi davraning ilk uchrashuvida maydonda ko'rishimiz mumkin.

CHavesdan xabar olish 35 dollar

Pandemiya arafasida Famosos.com platformasi ommalashdi. Sayt orqali ashaddiy ishqibozlar mashhur sportchilardan tortib taniqli sanatkorlardan malum haq evaziga dil izhorlarini olishi mumkin. SHu jumladan, CHavesdan tug'ilgan kun yoki boshqa ayyom munosabati tabrik yoki motivaciya olish 35 dollarga tushadi.

Hujumchi vatandoshi Karlos Tevesni kumirlaridan biri deb biladi, bazi gollarini uning uslubida nishonlaydi.


Bobosi yaponiyalik, buvisi braziliyalik bo'lgan, akasi sababli poziciyasini o'zgartirgan hamda kubok finalida hal qiluvchi 11 metrli zarbani ko'kka sovurgan "Bunyodkor"ning yangi legioneri bilan tanishamiz

"Oltin to'p" sohibidan libos olgan, o'yiniga it tushib kelgan hamda uchta evrokubokda gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangan "Nasaf" yarim himoyachisi bilan yaqindan tanishamiz 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика