Bolalarga bering dunyoni...
02 iyu 2015 01:25
Yangiliklar
SHu munosabat bilan bugun erta tongda “Nasaf” futbol maktabiga qarashli barcha futbol maydonlari bolajonlar bilan gavjum bo'ldi.
Unda Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz, Qamashi, CHiroqchi, Nishon, Kasbi, Qarshi, Muborak, shuningdek qo'shni Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan kelgan 64 ta jamoa safida 700 ga yaqin bolajonlar kun davomida yashil maydonda o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Tadbirning ochilish marosimida “Nasaf” PFK bosh menejeri SHamil Yarulin so'zga chiqib, bugungi bayram bilan bolajonlarni tabrikladi. Ular orasidan yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan etuk futbolchilari etishib chiqishiga tilak bildirdi.
Musoba yakunlariga ko'ra, 2004 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida g'uzorlik o'smirlar bosh sovringa egalik qilgan bo'lishsa, 2005 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda Jizzax viloyatining Zarbdor tumani jamoasi tengsiz deya etirof etildi. 2006 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi bellashuvda “Nasaf” futbol maktabining Qarshi shahri filiali jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Musobaqa so'nggida g'olib va sovrindorlar esdalik sovg'alari va kubok bilan taqdirlanishdi.

Fikrlar