So’nggi yangiliklar

11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  1 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  3 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  12 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  5 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  9 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  2 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3

Bolalar futbolida MDH dagi eng kuchli tizim - Ukraina ligasi haqida, O'zbekistonda ham shunday qila olamizmi? Yangiliklar

Bolalar futbolida MDH dagi eng kuchli tizim - Ukraina ligasi haqida, O'zbekistonda ham shunday qila olamizmi?

Teglar :  UkrainaMDH
Ko'p narsani MDH mamlakatlariga solishtirishga o'rganib qolganmiz.

SHu o'rinda men o'smirlar futboli bo'yicha eng kuchli ligaga ega mamlakat bo'lgan Ukrainadagi tizim haqida bayon qilaman.

Ukrainada viloyat va shahar chempionatlari o'z yo'liga bo'lib, 4ta yosh toifasida mamlakat chempionati yo'lga qo'yilgan. Kuchli beshlik va futbolchining eksportiga ishlaydigan evro mamlakatlardan keyin, bu ishni MDHda birinchilardan bo'lib qila olgan davlat, bu - Ukraina.

Ukrainada o'smirlar o'rtasidagi mamlakat chempionati 3ta ligadan iborat - Elit, oliy va birinchi liga.
Elit ligada 24ta klub. U 4ta yosh toifasida o'tkazilinadi. Bular 2021-22 mavsumi uchun U-14 (2008), U-15 (2007), U-16 (2006), U-17 (2005). Mamlakat bo'ylab uy-safar tizimidagi musobaqa cho'ntakbop bo'lishi uchun, 4ta hududga bo'lingan guruhlarda 6tadan jamoa o'rin oladi.

Unda mamlakatning eng kuchli jamoalari, SHaxtyor, Dinamo, Metallist, Arsenal, Inter, Karpati, Dnepr va Rux ishtirok etadilar. Yakuniga etga mavsum chempionlari orasida gegemon klubni ko'rmaysiz. Raqobat juda kuchli. Bu so'nggi chempionatning sovrindorlari:

U-14 (2007): 1. SHaxtyor, 2. UFK Karpati, 3.Dinamo.
U-15 (2006): 1. Dinamo, 2.Dnepr, 3.SHaxtyor.
U-16 (2005): 1. DVUFK, 2.Dinamo, 3.UFK Karpati.
U-17 (2004): 1. SHaxtyor, 2.Dinamo, 3.Karpati.

Mamlakat bo'ylab chempionat tizimi 1998/99 yilgi mavsumdan start olgan. 23 yil bo'libdi (!). Dastlabki uch mavsumda chempionat 2 yosh toifasida o'tgan bo'lsa, keyingi yillardan boshlab bugungi 4ta yosh tizimiga o'tilgan. SHu 23 yil davomida Dinamo Kiev 2 marotaba, SHaxtyor 1 marotaba 4ta chempionatda ham g'alaba qozongan. Ukraina terma jamoasi safida Evroda mazmunli o'yin ko'rsatgan BARCHA futbolchi mana shu LIGAning tarbiyalanuvchilari hisoblanadilar.

2018 yil Ukraina futbol federaciyasida yangilangan ELIT Ligani tuzish haqida ilk yig'ilish bo'lib o'tdi. 2019 yil liganing yangi reglamenti ishlab chiqildi va 2020/21 yilgi mavsumdan Oliy ligani takomillashgan namunasi, Elit Liga birinchi mavsumini o'tkazdi.

SHu bilan birga oliy liga ham saqlab qolindi. Unda ham huddi shu yosh toifalarida, faqat 40ta jamoa 4ta guruhdan 10tadan joy egallagan liga yo'lga qo'yildi.

Uchinchi toifadagi BIRINCHI Ligada, 80ta jamoa Ukraina bo'yicha 8ta hududda, 10tadan bo'lingan holda o'tkazilinadi. Bu ligada U-15 va U-17 jamoalari ishtirok etadilar.

Bizda Toshkentni inobatga olmasangiz boshqa viloyatlarda chempionat shakllanmagan. Superliga, imkoniyati mavjud shaxsiy klublar va futbol akademiyalarini jamlagan holda biz ham hududga bo'lingan o'smirlar chempionatini yo'lga qo'ya olamiz. Bu qanday ko'rinish oladi?

1-hudud: Navbahor, Neftchi, Andijon, Turon, Qo'qon 1912, Andijon Akademiya, Farg'ona Akademiya, Namangan akademiya.
2-hudud: Paxtakor, Lokomotiv, Bunyodkor, Odil Ahmedov FA, Toshkent akademiya, Toshkent viloyati akademiya, AGMK, Metallurg.
3-hudud: So'g'diyona, Dinamo, Nasaf, Mashal, Sirdaryo akademiya, Jizzax akademiya, Samarqand Akademiya, Qashqadaryo akademiya.
4-hudud: Qizilqum, Surxon, Buxoro, Navoiy akademiya, Xorazm akademiya, Qoraqalpog'iston Respublikasi akademiya, Buxoro akademiya.

Hududlardan kelib chiqib bo'lingan 4ta hududda, 8tadan jami 23ta klub o'rin oladi. Faqatgina 4-hududda bizda 7ta jamoa bo'lyapti.

Viloyat akademiyalari hukumat tomonidan moliyalashtiriladi va ulardagi Respublika musobaqasini bekor qilib, umumiy mamlakat ligasiga qo'shish lozim. Faqat "nodbavka" tizimini bekor qilib, maoshlarni ham yaxshi holatga olib kelsak bo'lgan. Superliga jamoalari esa bu musobaqada ishtirok etishga majbur bo'lishlari kerak. Hududlardan kelib chiqadigan bo'lsak, bu ularga qimmatga tushmaydi.

Ayni paytda O'zbekistonda bolalar va o'smirlar o'rtasida 5 xil musobaqa mavjud:
1. Akademiyalar o'rtasida O'zbekiston chempionati.
2. Sport maktablari o'rtasida O'zbekiston chempionati.
3. Viloyat terma jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionati.
4. OZSKlar o'rtasida O'zbekiston Kubogi.
5. Viloyat ichki chempionatlari.

Muammo shundaki, hamma viloyatlarning eng yaxshilari qatnashadigan yagona musobaqa turi yo'q. BO'SMlarda qatnashadigan bola akademiyalarda, akademiiyalardagilar esa terma jamoalarda ishtirok eta olmaydilar. Terma jamoadagilar yuqoridagi ikki musobaqada.


@Nadirkhuja

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика