So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  10 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  70 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   9 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Bolalar futboli. Qashqadaryoda viloyat chempionati qaytadan yo'lga qo'yiladi Yangiliklar

Bolalar futboli. Qashqadaryoda viloyat chempionati qaytadan yo'lga qo'yiladi

O'FAning Futbolni rivojlantirish boshqarmasining navbatdagi tashrifi Qashqadaryo viloyatiga bo'lib o'tdi.

Ikki kunlik tashrif davomida, Qashqadaryo futbol federaciyasi 1-vice-prezidenti Norqul Daminov bilan hududda bolalar futboliga bo'lgan etiborni yanada oshirish haqida kelishib olindi.

SHuni takidlash lozimki, Qashqadaryo FF yurtimizdagi eng namunali federaciyalardan biri hisoblanadi. SHu boisdan ham, ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga Qashqadaryo FFda o'z shtab kvartirasiga ega bo'ldi.

Qashqadaryo viloyati eng ko'p aholiga ega viloyatlardan biri hisoblanadi. Hududdagi barcha istedod egalarini qamrab olish maqsadida, may oyining uchinchi o'n kunligidan boshlab viloyat chempionati hududlarga bo'lingan holda uzoq muddatli chempionat boshlanadigan bo'ldi. Endi bolalar futbolida ham uy safar tizimiga amal qilinib, katta musobaqalar 10 kunlik vaqtni emas, 6 oylik uzoq muddatni o'z ichiga oladi. Tur o'yinlari haftaning har yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Bu borada Qashqadaryo futbol infrastrukturasi barcha talablarga javob beradi. Faqat O'FA bilan hamkorlik qilinsa bas. Ichki chempionatni yo'lga qo'yilishidan hammadan ham, "Nasaf" akademiyasi va "SHo'rtan" jamoasiga biriktirilgan BO'FM murabbiylari quvondilar. Sababi har qanday kichik musobaqadan, uzoq vaqt davom etadigan chempionat sifatli va foydali bo'ladi.

Qashqadaryo viloyati chempionati 2001-02, 2003, 2004, 2005 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida ochko jamlash tizimida, 2006-09 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida esa festival ko'rinishida bo'lib o'tadi.

"Futbolimizda uyg'onish fasli deb aytsam gapim mubolag'a bo'lmasdi. Biz O'FAning bolalar futbolini rivojlantirish boshqarmasi vakillari viloyatimizga safar qilib, muammolarni ichidan o'rganayotganiga xursandmiz. Bu borada O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovga katta rahmat aytamiz. Futbolning poydevori bolalar futboli hisoblanadi. SHunday ekan, O'FAning o'zi tashabbus bilan chiqayotganda, biz uni alo darajada bajarishimiz kerak, bunga jamoamiz tayyor", - deydi Norqul Daminov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика