So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  3 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  25 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

Bolalar futboli haqida, germaniyalik Sashaning qiynagan savoli.... Yangiliklar

Bolalar futboli haqida, germaniyalik Sashaning qiynagan savoli....

Bizda biron bir jamoaga 10 yoshli bolani olib borsangiz, "yoshi katta", - degan javobni eshitasiz.

Bizga juda ko'p ota - onalar murojaat qiladilar. Tabiiyki, men ham murabbiyning javobini aytaman. Ongimizga singib qolgan, gap unga yordam bermaslikda emas. SHunchaki 10 yoshli bolani ko'rmaydi. Ja yaqin tanishingiz bo'lsa, 2ta mashg'ulot ko'radi va o'ziga umuman begona jamoada birinchi kunni o'zidayoq kirishib keta olmagan bolaga javob beradi. Ko'rdingmi, ko'rdim. Iltimosni rad etmadi muhimi. Aslida hammasi boshqacha bo'lishi kerak. Bir bolakayga 1 oy imkoniyat bermay turib, uning holatiga baho berib bo'lmaydi. Oddiy misol, yangi ulfatlar qatoriga choyxonaga kirdiz. Birini safar uyalib dasturxonga ham qo'l cho'zmaysiz. Ikkinchisidan 2 kishi bilan chiqishasiz, to'rtinchisiga kelibgina yarim mehmon bilan do'st bo'lasiz. Buni barchasiga vaqt kerak, endi 10 yoshga endi to'lgan begona bolani oling...

Bundan bir hafta avval Germaniyaning “JFL-Schlotheim” jamoasining boshqaruvchisi va katta murabbiyi Toshkentda bo'lib, o'zbek futboli bilan jiddiy qiziqdilar. Ularning maqsadida, poytaxtdagi hamkorlar bilan Germaniya bolalar futboli dasturi asosida faoliyat olib boradigan maktab ochish. Bu tekin bo'lmaydi, Evropada tekin degan narsa allaqachon unut bo'lgan. Mehmonlarimiz, Elfi Fernshild va Sasha Routerni O'zbekistonda yaratilgan sharoitlar lol qoldirdi deb aytishim mumkin.

Sasha Routerga milliy, o'yma suvenir sovg'a qilindi.


Ularni “Bunyodkor” stadioniga olib borar ekanmiz, stadion bilan ortiqcha hayratlantira olmasligimizni bilardim. Lekin u erda bolalar futboliga yaratilgan sharoit, echinish xonalarining kengligi, futbolchilar istiqomat qiladigan baza bilan yangilik qila olishimizga ishongandim. Ular Toshkentga umuman boshqa fikr bilan kelgan edilar, buni yashirib ham o'tirmadilar. Ayniqsa “Bunyodkor” akademiyasida joylashgan tibbiy bo'limdan hayratga tushdilar. Stadionning bir xildagi katta – katta 4ta echinish xonasi ham ularni qiziqtirib qo'ydi. Boisi, Evropada har bir kvadrat metr katta pul turadi. SHuning uchun u erlardagi echinish xonalari juda kichkina bo'ladi. “Selta” sharafini himoya qilgan Aleksandr Mostovoy o'z kitobida shunday yozgan edi:

-   Men bilan “Selta” yangi shartnoma imzolashni istasa, avvalo echinish xonasini talab darajasiga keltirsin. 18 nafar futbolchi uchun kichik xonadagi ikkita dush juda kam.

Qisqasi “Bunyodkor” stadioniga tashrif, ularning bizdagi bolalar futboliga bo'lgan etiborimizni tubdan o'zgartirib yubordi. Keling, qisqacha “JFL-Schlotheim” akademiyasi haqida aytib beramiz.
2007 yil ochilgan mazkur akademiya, Germaniyadagi to'rtta xususiy akademiyaning bittasi. Bu mamlakatda xususiy akademiyalar ko'p emas. Maktablar bor, ammo yotoq bilan taminlaydigan xususiylari to'rtta. Frankfurtdan 2 soatli uzoqlikda joylashgan SHlotxaym shaharachasi o'rmon bag'rida, qancha mashg'ulot o'tkazsangiz shuncha kamdek.  Yaqinda, “Shosh Contact Travel” kompaniyasi tomonidan, 2003 yilda tavallud topgan “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, Davron Qoriev mazkur akademiya bilan shartnoma imzoladi. Aynan shuning uchun akademiya rahbarlari Toshkentga kelib, o'zbek futbolini o'rganib qaytdilar.



Akademiyada uchta yosh toifasidagi bolalar mashg'ulot olib borishadi. Bular, 2003, 2005 va 2007 yillarda tavallud topgan o'spirinlar. “JFL-Schlotheim”ni Germaniyadagi qolgan akademiyalardan farqi, siz 12 000 evro  evaziga bir yillik talimga ega bo'lasiz. Akademiyaning boshqalardan ustun tomoni shundaki, unda nafaqat futbol, balki maktab darsliklarini barchasi birdek o'qitiladi. “Yaqinda bir tarbiyalanuvchimiz o'zidan futbolchi chiqmasligiga ko'zi etganligi uchun Universitetga kirishga qaror qildi.Germaniyada talim bepul, qo'shimchasiga stipendiya olasiz. Talabamiz o'z kelajagini ximiya soxasida ko'rdi va bizning maktabimizda futboldan tashqari ximiyani ham mukammal o'rganganligi uchun qiyinchiliksiz o'qishga kirdi”, - deydi Sasha Router.

Aynan shu farq evaziga aksar ota onalar o'z farzandlarini mazkur akademiyaga joylayaptilar. To'g'ri, bu narx Evropa uchun ham arzon emas, lekin bugungi kundagi shior, “kelajak uchun tikilgan eng katta sarmoya, bu farzandingizga tikilgan sarmoya” u erda amalda qo'llanilyapti. Agar Toshkentda ham shunday maktab ochiladigan bo'lsa, biz ham shu uslubdan foydalanmoqchimiz, hozircha bunga biroz vaqt kerak.

Nemislardan o'rganadigan narsamiz ko'p, ayniqsa bolalar futbolida. Sashani aytishicha, 2002 yil Germaniya futboli orqaga keta boshladi. O'sha JCH finalidagi mag'lubiyatdan keyin mamlakat futboli tarsaki egandek bo'lgan va maxsus dasturni ishlab chiqdi. Natija o'zini uzoq kuttirmadi. 12 yil o'tib nemislar jahon chempionatida zafar quchdilar. Bugungi kun yulduzalaring bari o'sha dastur mevasi. Siz u erda o'zingiz bilganingizcha maktab ochib olib mashg'ulot o'tkaza olmaysiz. Siz ishlaydigan makbat albatta Germaniya futbol federaciyasi tomonidan tasdiqlab berilishi lozim va u nazoratda bo'ladi. Bu nafaqat Germaniyada, balki Ispaniyada ham. Ispaniyaning yutug'i Germaniyanikidan ancha yuqori bo'ldi.

Ikki mehmonimizni “Spartak” bolalar maktabiga olib bordik. U erda Islom Ahmedov “B” kursi uchun dars berayotgan edi. “Qurol” sifatida, 2003 yilda tavallud topgan futbolchilar tanlangan. Mehmonlarimiz mashg'ulotlarni zimdan kuzatar ekanlar, o'ng qanotda to'p tepayotgan yosh bolakayni “javohir” deb atadi, agar ota – onasi rozi bo'lsa 12 000 evroni akademiya hisobidan to'lab o'qitishlarini aytishdi. Bunday bolalar ko'pligini aytganimizdan keyin, biron bir turnir tashkil etishimiz va ular kelib yana bir bor ko'rishlarini so'rashdi.

"Bunyodkor" va "JFL-Schlotheim" o'rtasida memorandum imzolanish jarayoni


Mashg'ulotni ko'rar ekan, Sasha bir savol bilan murojaat qildi:

–   Nima uchun futbolchilar xato qilayotganda murabbiy o'yinni mashg'ulotni to'xtatib uni to'g'irlamayapti? Bizda bir murabbiy maydonda, ikkinchisi tepada turib kuzatib boradi. Xatoni joyida to'g'irlaymiz. Keyin, darvozabonlar murabbiyi ham ko'rinmayapti...

Ex, Sashajon... Hamma gap shunda-da. Islom Ahmedovni o'zi tan olib turibdi-ku... Ikki nemis mutaxassisi, to'rt nafar murabbiyni bepul o'qitib berishlarini aytishdi. SHunda Islom Ahmedov, menga qarab, kimni yuboramiz, kimni? Muammo mana shu erda-ku, deya jilmayib qo'ydi. Haqiqatdan ham bizda javohirlar ko'p, to'lib yotibdi. Ammo bu javohirni avaylaydigan murabbiy yo'q.

Hozirgina bir ish bilan Ispaniya futbolini o'rganib chiqishga harakat qildim va unda o'zimga ancha ko'p yangiliklarni oldim. Yaqin kunlarda Toshkentda Germaniya futbol andozasida faoliyat olib boradigan bolalar futbol maktabi ochilishi mumkin. U erga taklif etishdi, ko'ramiz, loyiha avvalo o'xshasin. O'xshamagan taqdirda ham quyidagi malumotlar hech kimga ziyon qilmasa kerak. O'z kelajagimni jurnalistikada emas, bolalar futbolida ko'rayotgan ekanman, bu malumotlar avvalo o'zim uchun katta qiziqish uyg'otdi.

Mehmonlar "Spartak" maktabidagi mashg'ulotlarni kuzatyaptilar


Ispaniyada 4-10 yosh ular havaskor hisoblanadi va bu yoshda har kim istaganicha mashg'ulot o'tkazadi. 10 yoshgacha haftasiga 2 marotaba mashg'ulot xolos. Bola avaylanadi. Bizda biroz boshqacharoq, uch mahal va issiq havoni ham qo'shamiz. Masalan, "Barselona" va "Real"ning maktablari 10 yoshdan jiddiy qabulni boshlaydilar. "Real"ning filiali juda ko'p, ularda pulini to'lab o'qiyverasiz. Bu marketing tomonidan brenddan foydalanish. "Barselona"da esa aksincha, filiallar juda kam.

Ispaniyada 4 yoshdanoq farzandingizni futbolga bera olasiz. Mashg'ulotlar yakshanba kuni, haftasiga bir marotaba bo'ladi. Deyarli barcha klublarda 4 yoshdan havaskor qabul bor.

"Barselona"ni Ispaniyadagi filiallari kam, 5ta. SHulardan 4tasi Kataloniyada bo'lsa, bittasi Tenerifeda. Farzandingizni 180 evro evaziga ro'yxatdan o'tkazib ko'rikdan o'tkazishingiz mumkin. Agar o'g'lingiz o'ta istedodli bo'lsa, marhamat ular hattoki sizni oylik maoshi bilan taminlaydilar. Messi bilan aynan shunday holatni kuzatganimizni bilsangiz kerak. O'z paytida Xoan Laporta, Messini ota - onasini uy joy va maosh bilan taminlash evaziga Argentinadan Ispaniyaga ko'chirib olib kelgan edi.

Loyiha tashkilotchisi, "Shosh Contact Travel" rahbari Dilshod Qoriev mehmonlar bilan "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuryapti.


"Espanol" klubida imtihondan o'tishingiz shart emas. 140 evroga yozilasiz va oyiga 67 evro to'lab tursangiz bo'lgani.

Kataloniyada yana bir jamoa mavjud, "Korneyya". Bu maktabning boshqalardan farqi shundaki, u erda siz nafaqat futbol o'rganasiz, balki maktab talimini ham berdek olasiz. Natijada farzandingiz futbolchi bo'lmasa, unday holda aqlini pishitgan holda boshqa kasbni tanlash imkoniyatiga ega. Qabul yil davomida, bir haftadan bir oygacha sinovdan o'tasiz. Bu erda narx navo ota-onaning talablari asosida belgilanadi.

"Real"ni Madriddagi filiallari soni 15ta. Kastilya va Leonda ham bittadan. SHuningdek, dunyoning 66ta davlatida "Fundación Real Madrid" kompaniyasi faoliyat olib borayapti. "Real"ning maktabidagi talablar, uning asosiy raqibi "Barselona"chalik emas. Bu erda siz 80 evro to'lab imtihondan o'tgan holda, oyiga 45 evro to'lab o'qishingiz mumkin. 

Mehmonlar O'zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov qabulida

Dilshod Qoriev, Respublikamiz prezidenti tomonidan, mahalliy futbolga juda katta etibor berilishi haqida so'zlab berayapti.


Madridning yana bir jamoasi "Atletiko"da ishlar biroz boshqacharoq. Madrid va Madrid atrofida jami 15ta maktabga ega klub 4 yoshdan bolalarni qabul qiladi. 10 yoshda esa jiddiy imtihondan o'tkazadi. Maktabga yozilish 95 evro, har uch oyda 150 evrodan voz kechasiz.

"Valensiya"da yiliga 900 evro to'lashingiz kerak. Agar siz o'ta istedodli bo'lsangiz, "Barselona"da bo'lgani kabi ota - onangiz ham ish bilan taminlanadi.

Guvohi bo'lganingizdek, Evropada futbol, bu - pul. Lekin shunga yarasha farzandingiz professional darajaga chiqadi. Bizda ham klublarimiz yaratilgan sharoitlardan boshni qotirib, bir boshqacha ishlashni o'rganishlari kerak.


Bu mavzuni hali ko'p davom ettiramiz,
sizlar bilan Nodirxo'ja Yuldashev bo'ldi.

Odatga ko'ra, "CA" ofisida esdalik uchun suratga tushish marosimi.


Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика