Bolalar futboli. Buxoroda 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi
13 may 2018 15:42
Yangiliklar


Bolalar futboli. Buxoroda 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi
O'zbekiston futbol associaciyasi hamkorligida Buxoroda tashkil etilgan turnirda 12ta jamoa ishtirok etdi.
2005 va 2006 yillarda tavallud topgan yosh futbolchilar 4ta guruhga bo'lindilar. Finalga "Paxtakor"ning bir yo'la ikki jamoasi yo'l oldi. Baxtiyor Nuraliev qo'l ostidagi jamoa 2006 yilda tug'ilgan ukalarini 4:0 hisobda mag'lubiyatga uchratdi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda "Bunyodkor" yoshlari poytaxtning yana bir jamoasi, BO'SM-16ga imkoniyatni boy berdilar.
Musobaqada mezbonlardan tashqari Andijon, Uchko'prik, Namangan va Samarqand viloyatlaridan jamoalar ishtirok etdilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar