So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Bo'lajak JCHni o'tkazib yuboradigan futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoa Yangiliklar

Bo'lajak JCHni o'tkazib yuboradigan futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoa

"Mundial-2022" ertaga start oladi.

U albatta ko'plab g'alabalar va xafagarchiliklarga to'la bo'ladi. Ammo, ikkinchisidan boshlay qolaylik. Afsuski, ko'plab yuqori darajadagi futbolchilar turli sabablarga ko'ra Qatarga borishmaydi. Kimdadir jarohat bor, kimdir turnir uchun qaydnomaga kiritilmagan, kimdirning jamoasi to'rt yillikning bosh musobaqasiga yo'llanma ola bilmagan va shu bilan birga bir qator kuchli futbolchilarni JCHda o'ynash imkoniyatidan mahrum qilgan.

Ko'plab o'yinchilar o'z terma jamoalarining saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizligi sabab JCHni o'tkazib yuborishadi, biz esa ushbu futbolchilardan ramziy jamoa tuzishga qaror qildik. Biz 4-3-3 sxemasini tanlaymiz.


Yan Oblak (Sloveniya)


Bu poziciya uchun ikkita nomzod bor edi – bu Yan Oblak va Janluiji Donnarumma. Ammo, bizning tanlov Sloveniya terma jamoasi kiperi bo'ldi. Sababi bitta: Donnarummada katta ehtimol bilan o'z terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etish imkoniyati bo'ladi, sloveniyalikda esa bu masala biroz qiyinroq. 

Sloveniyaliklar so'nggi bor 2010 yilgi JCHda ishtirok etishgan va ularning yana mundialga chiqishi uchun ko'plab omillar sabab bo'lishi kerak – ajoyib o'yindan boshlab omadgacha.



Oblak uchun afsusdamiz, endi uning bunday "top" maqom bilan turnirda o'ynash ehtimoli juda ham kam. Yan o'z o'yini bilan JCH va Evropa chempionatida o'ynashga loyiq edi. Uning 2022 yilgi JCHda ishtirok etadigan hamkasblarining ko'pidan yaqqol kuchliligi hech kimga sir emas.


Endryu Robertson (SHotlandiya)


Endryu Robertson – o'z klubi bilan APLdan boshlab CHempionlar Ligasigacha barchasini yutgan o'yinchi. Barcha Robertsonning "Liverpul"da mustahkam maqomdagi o'yinchi ekanligini biladi. U klub futbolida barchasini yutgan, ammo terma jamoada...



Ha, terma jamoada nimanidir yutish juda ham qiyin bo'lar, ammo Endryuning JCHga borish ehtimoli hali ham bor. U ECHda o'ynagan, mundialga yo'lda esa Ukraina (1:3)ga engilgan. Ammo, Endryu Robertson uchun terma jamoalarning bosh musobaqalarida ishtirok etish hali oldinda.


David Alaba (Avstriya)


David Alaba unchalik ham tanishtirishlariga muhtoj emas. Bu Endryu Robertson kabi klub futbolidagi barchasini yutgan futbolchi. U CHLni bir marta emas, uch marta boshi uzra baland ko'targan.



Alaba shuningdek o'z terma jamoasidagi haqiqiy etakchi hisoblanadi. U obro'si juda baland o'yinchilardan. "Real" himoyachisining faoliyatiga kelsak, David JCH-2026da ishtirok etishi mumkin. Avstriya terma jamoasi o'tgan Evropa chempionatida 1/8 finalga chiqdi va JCH o'tish o'yinlarida Uelsga imkoniyatni boy berdi. Ammo, keyingi saralash Alaba uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin, sababi David hozirda 30 yoshda.


Alessandro Bastoni (Italiya)


Terma jamoamizning ko'plab vakillaridan farqli ravishda qahramonimiz atigi 23 yoshda. Agar u bugungi o'yin darajasini saqlab qolsa, katta ehtimol bilan JCHda muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatadi.



Batafsil to'xtatmaymiz va 2020 yildan boshlab uning muvaffaqiyatlarini sanaymiz. 2020/21 yilgi "skudetto", Italiya Kubogi 2021-2022, 2021 yilgi Italiya Superkubogi, tort ustidagi gilos o'rnini esa Bastonining o'tgan Evropa chempionatidagi g'alabasi bosadi.


Jovanni Di Lorenco (Italiya)


Ro'yxatimizdan yana bir Evropa chempioni o'rin oldi. Di Lorenco "Napoli"ning mustahkam o'yinchisi hisoblanadi va katta ehtimol bilan CHJni o'z o'yini bilan bezagan bo'lardi. Jovanni 29 yoshda, shu sabab Italiya terma jamoasi "Napoli" himoyachisi uchun juda ko'p harakat qilishi kerak. Uning hisobida ECHdagi g'alaba va Millatlar Ligasidagi bronza medali bor. Qahramonimiz o'z nomini JCH tarixiga yozganda ajoyib bo'lar edi.



Frank Kesse (Kot-d'Ivuar)


Terma jamoamizdan ivuarlik futbolchi ham o'rin oldi. Frank Italiya chempionatini yutgan holda, o'zini "Milan"ning etakchilaridan biri sifatida namoyon qildi. Bu hozircha Frankning yagona sovrini, Kesse hozirda "Barselona"da muvaffaqiyat qozonmoqchi.



Xalqaro faoliyatga kelsak, "Barselona" futbolchisi Afrika Kubogi va 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. Frank qachondir JCHga chiqa oladimi? Qiyin savol, sababi milliy jamoa so'nggi bor 2010 yilda mundialga borgan.


Marko Verratti (Italiya)


Marko JCHdagi ishtirok etish u uchun odatiy hol bo'lgan futbolchilardan emas. U JCH-2014da ishtirok etgan va italyanlar unda hatto guruhdan ham chiqa olishmagan. Ko'rib turganingizdek, Marko ikki bor JCHga bora olmadi, ammo u va jamoasi JCHga bora olmasa ham, Evroda omadi keladi. Verratti – Evropa chempioni va uning terma jamoadagi faoliyatini muvaffaqiyatli deb atash mumkin, ammo uni JCHda ham ko'rishni xohlardik. Balki bu 2026 yilda ro'y berar.



Nikolo Barella (Italiya)


Ro'yxatimizda yana Apennin yarimoroli vakili. Barella ham Alessandro Bastoniga o'xshash. Ikkisi ham yosh, Nikolo ikki yosh katta (1997 yilda tug'ilgan). Ularning ikkisi ham "Inter"ning asosiy o'yinchilaridan. Barellaning JCHda o'ynash ehtimoli katta, sababi u 2026 yilda hatto 30ga ham kirmagan bo'ladi.



Luis Dias (Kolumbiya)


"Liverpul" o'yinchisiga kelsak, uni faoliyatida yana mundial bo'lishi katta ehtimol. Dias atigi 25 yoshda. U o'z milliy termasi va Yurgen Klopp jamoasining muhim qismi. Dias Angliya va Portugaliyadagi barcha klublar sovrinlarini yutgan, shuningdek CHempionlar Ligasi finalida harakat qilgan. SHuningdek uni Kolumbiya terma jamoasi safida Amerika Kubogining bronza medaliga ega chiqqanini esdan chiqarib bo'lmaydi.



Erling Xoland (Norvegiya)


Barcha Xolandning muvaffaqiyatlaridan xabardor. Uning barchaga malum kuchli jihatlarini sanab o'tirish ham shart emas. Uni Sulsherning o'rinbosari deyish mumkin, sababi norveglar erida doim ham bunday darajadagi iqtidorlar bo'lmaydi.



Xolandni milliy terma jamoalarning top-turnirida ko'rish haqida bir narsa deyish qiyin. Vikinglar so'nggi bor yirik turnir, aniqrog'i Evropa chempionatida 2000 yildagina ishtirok etishgan.


Muhammad Salah (Misr)


Bu o'yinchiga ham ortiqcha tarif berish shartmas. Uning Qatarda bo'lmasligi achinarli. Salah o'z terma jamoasi bilan ikki bor Afrika Kubogi finaliga chiqdi, JCH-2018da o'ynadi, shuningdek 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi va guruh bosqichida 3ta gol urdi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика