So’nggi yangiliklar

12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  0 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  3 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2

Bokuda muxlislarimiz maydon egalarini mag'lub etishdi, navbat MTJga! Yangiliklar

Bokuda muxlislarimiz maydon egalarini mag'lub etishdi, navbat MTJga!

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasining muxlislar klubi azolari ayni paytda Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib turishibdi.
"Ilk marotaba xorij safariga chiqishim. Ochig'i uyga borgandan keyin do'stlarimga aytib berishga arzigulik juda ko'plab qiziqarli voqealarga guvoh bo'ldim. Geografiyadan o'qiganimiz, Kaspiy dengiziga sayohatni unutmasam kerak", - deydi yosh sayohatchi SHahboz.




"Brilliant qo'l" filmidagi mashhur epizod, "CHyort poberi" tasvirga olingan ko'cha


5 kundan buyon poytaxtning qadimiy shaharlarini kezib yurgan ishqibozlarimiz kuni kecha plyaj futbolida o'zlarini sinab ko'rdilar.

Unda muxlislarimiz sharafini quyidagi havaskorlar himoya qilishdi:

Darvozabon:
Abdurahmon Fozilov

Humoyachilar:
Orzuqulov Zokir
Rahimberdiev Rustambek
Rahimberdiev Otabek

Yarim himoya:
Ismoilov SHahboz
Rahmatjon Usmonov
Ahrorjon Yoqubov

Hujumchilar:
Muhammadvali Yoqubov
Xolsaid Qilichov


Gollarni: Farg'ondan Muhammadvali Yoqubov va uzoq Surxondan Xolsaid Qilichov kiritishdi. "Amburan" akvaparki mamuriyati g'alaba qozongan jamoaga turli xil sovg'alarni taqdim etdilar.




Sevara Nazarxon Bokuda mehmon bo'ladi


63 yoshga to'lgan Rahimberdi ota ertaga terma jamoamizdan g'alaba kutishini aytib o'tdi.
- Men borgan o'yinlarda terma jamoamiz doimo g'alaba qozongan, ertaga ham ulardan g'alaba kutamiz. Ko'plab safarlarga chiqqanman, bunisi boshqalardan ancha farqli. Evropa havosi ufurib turibdi, dengiz bo'yida ajoyib sayohat. Endi Tailandda ham terma jamoamizni Osiyo chempionatida qo'llab-quvvatlab turish niyatidamiz. Muxlislar klubiga qo'shiling va biz bilan terma jamoalarimizni qo'llab-quvvatlang.





Bokudan muxlislar "CA" uchun

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика