So’nggi yangiliklar

12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   0 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  0 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  5 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  13 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  4 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6

Boku-2017 kundaligi. Ishqibozlik qilishga qo'yilmagan ringdagi oltin lazzati ikki karra totli! Yangiliklar

Boku-2017 kundaligi. Ishqibozlik qilishga qo'yilmagan ringdagi oltin lazzati ikki karra totli!

Kechagi kun delegaciyamiz uchun oltin kun bo'ldi. Bir emas, naq 6ta oltin medal hisobimizga yozib qo'yildi.


Rio Olimpiadasidan keyingi bu yirik musobaqada to'rtinchi o'rinda ketayotganimizga, ko'pchilikda savol uyg'onayotgan bo'lsa ajab emas. Olimpiadada bu jamoalar ichida biz birinchi o'rinda edik, nima uchun hozir to'rtinchi.

Boshqa ishtirokchi mamlakatlardan farqli ravishda, O'zbekiston delegaciyasini musobaqada ishtirok etishi, Boku-2017 boshlanishiga roppa-rosa bir oy qolganida malum bo'ldi. Futboldan farqli o'laroq, sportimizning aksar federaciyalarining 2 yillik rejasi avvaldan malum bo'ladi. Kim, qaysi musobaqaga borishidan tortib, qaerda, qanday yig'inlar o'tkazilishigacha. SHu boisdan O'zbekiston delegaciyasi uchinchi tarkib bilan turnirga tashrif buyurdi. Faqat taekvando, karate hamda kurashda asosiy tarkimibizni ko'rishimiz mumkin edi. Kurashchilarimiz esa 2 kun avval Hindistonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidan tashrif buyurishdi.


Turkiya, Ozarbayjon va Eron delegaciyalari esa asosiy tarkibda musobaqada ishtirok etayaptilar. Turkiya sharafini 336, mezbonlarni 325 nafar sportchi himoya qilayapti. Erondan esa 158 nafar sportchi musobaqaga tashrif buyurdi. O'zbekiston delegaciyasida 102 nafar sportchi. Yana bir malumot, Eron bilan tengma-teng ketayotgan bir paytimizda, musobaqada bugundan Eronning milliy sport turi, Zorxana ham qo'shildi. Milliy sport turini rivojlantirishga bel bog'lagan eronliklar, raqiblariga o'zlari pul to'lab musobaqaga taklif qildilar. U erdan 5-6ta oltin medallarni o'z hisoblariga yozib qo'yishlarini bashorat qilish qiyin emas.

Agar musobaqada ishtirok etishimiz yil boshida malum bo'lganida, delegaciyamiz soni bundan bir necha kishiga ko'p bo'lardi. Hech bo'lmasa asosiy tarkibda musobaqada qatnashar edik.

Endi asosiy mavzuga o'tamiz. Kecha boks o'yinlarining so'nggi kuni edi. 10ta vazn toifasida janglarga kirishgan sportchilarimizdan  5 nafari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Uch nafari esa finalga qadar etib bordi.

Birinchi bo'lib 56 kg vazn toifasida Abdulxay SHorahmatov turkmanistonlik bokschi, Yoqub Meredovga qarshi ringga ko'tarildi. Bu bahsda shubhasiz bizning bokschi favorit edi. Yakunda shunday bo'ldi ham, 5:0.


Boks kechasi uchun tashrif buyurgan, O'zbekiston muxlislar klubining faol ishqibozlaridan biri Ulug'bek aka barcha janglarda sportchilarimizni milliy DO'PPIMIZda qo'llab-quvvatlab turdi. Birinchi jangda birov indamadi, ikkinchisida esa Aliyor Noraliev misrlik Muhammad Islomga qarshi ringga chiqdi. Unda ham ishqibozimizga etiroz bo'lmadi. Birinchi raundda afrikalik bokschi bo'sh kelmadi. Ammo uning ko'p zarbasi mo'ljalga tegmadi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda hamyurtimiz faollikni oshirdi va kerakli ochkolarni to'plagan holda g'olib chiqdi.



Uchinchi jangdagi raqibimiz ozarbayjonlik bokschi Temerlan Abdullaev edi. Bobo-Usmon Boturov va Temerlanning jangidan sal avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev ringni tark etib bo'lgan edi. Prezident undan avval bo'lib o'tgan uchta jangni arenada turib tomosha qildi.

Finalda mezbon va o'zbek. Ulug'bek aka o'z uslubida ishqibozlik qilishda davom etadi, ammo... Musobaqa tashkilotchilaridan tortib, muxlislarigacha unga qarshi. Baqirmaslikni, jangni jim tomosha qilishni aytadilar. O'zlari esa tinmay baqiradilar, turadilar, sakraydilar. Alam... Bu alamni faqat oltin g'alaba bilan engish mumkin edi, boshqasi kam. Huddi buni sezgandek Bobo-Usmon raqibini ayab o'tirmadi. Bitta, ikkita, uchta zarba raqib nokaut holatiga yaqinlashib qoldi. Birinchi raund-ku, amallab yakunlandi. Ikkinchisida shifokor yordamiga muxtojlik sezdi. Boshqa murabbiy bo'lganida allaqachon sochig'ini otib yuborardi. Lekin g'ururi yo'l qo'ymadi ularni. SHifokor ham qo'rqdi shekili, sportchini ayab o'tirmadi, ringga qaytishi kerakligini aytdi. Bunday bahsda sal raqibini ayash ham mumkin edi. Ammo kichik ustunlikda g'oliblikni qo'lga kiritib bo'lmasdi, g'oliblikni mezbonga berib yuborilishi mumkin. Bobo-Usmon allaqachon texnik nokaut holati qayd etilishi kerak bo'lgan bahsning uchinchi raundida Temurlanni nokdaun qildi. Qoshi yorilib, bir ko'zi shishib ketgan ozarbayjonlik sportchi bir amallab jangni yakunladi. Bu jang g'olibi, shubhasiz Bobo-Usmon edi!



SHunday bo'lsada mezbonlar hakamning so'nggi qarorini intiqlik va umid bilan kutishdi. Hech bo'lmasa qon chiqmaganda g'oliblikni mezbonga berib yuborishardi, ammo bu jangdagi zarbalar har qanday adolatsizlikdan ustun bo'la oldi. Havaskor boks arenasida yana bir bor O'ZBEKning bayrog'i hilpiradi!

Final janglarini tomosha qilish uchun O'zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi SHerzod Miraglamovich ham tashrif buyurgan edi. Musobaqa yakuniga etgach, MOQ Bosh kotibi Oybek Omilovich, MOQning esdalik ko'krak nishonini SHerzod Miraglamovichga taqdim etdi.



Quvonchli xabarlarni kelishi davom etdi. Taekvandochilarimiz, Umida Abdullaeva kumush, Nikita Rafalovich esa oltin medalni qo'lga kiritdi. Aleksandr Svechnikov esa nayza uloqtirish musobaqasida jahon rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo'ldi. Nadiya Do'sanova ham hisobimizga yana bitta oltin medalni qo'shib qo'ydi.

Ozarbayjon, Boku
Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика