So’nggi yangiliklar

17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  1 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  35 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  1

Boguslav Baniak: "Mag'lubiyatga sabab bo'lgan barcha xato va kamchiliklarni o'z zimmamga olaman" Yangiliklar

Boguslav Baniak: "Mag'lubiyatga sabab bo'lgan barcha xato va kamchiliklarni o'z zimmamga olaman"

Coca-Cola Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Turon" - "Bunyodkor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Boguslav Baniak matbuot anjumanida ishtirok etdi.






"Birinchi navbatda shuni aytib o'tishim mumkin, so'zlarim rus tilida bir oz tushunarsiz chiqishi mumkin. Bugungi o'yinda mag'lubiyatga sabab bo'lgan xato va kamchiliklarni o'z zimmamga olaman.

Jamoani qabul qilib olganimdan so'ng taktik sxemani 3-4-3 ko'rinishiga o'zgartirdim. Biz albatta g'alaba qozonishni hohlagandik. Jamoada qilinadigan ishlar juda ko'p. Bu erda hozir barcha gapni aytmoqchi emasman. SHuni takror aytaman, mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z zimmamga olaman.

Jamoaning avvaldan shaklangan uslubi bor edi. Taktik sxemani o'zgartirganim bu xato bo'ldi. Klub rahbariyati bizga barcha sharoitni yaratib bergan, afsus g'alaba qozonolmayapmiz.

Futbolchilar bilan gaplashdim, ular ruhan tushkunlikka tushmasliklari kerak. Mag'lubiyatdan fojia yasash kerak emas. SHuningdek, bizdan g'alaba kutayotgan muxlislarimizdan uzr so'rayman. Ular meni, jamoamizni kechirishadi degan umiddaman.

Yangi hujumchi? O'yin sxemani o'zgartirganimizda oldingi chiziqqa Bilolxon Toshmirzaev, Abdulazizxon Abdurashidovlarni chiqardik. Ular bo'y borasida ustunlikka ega emas. SHuningdek bizda Jasur Xakimov varianti ham bor edi. Vaziyatlarni biz ko'proq yaratayapmiz, lekin golni raqiblar urishayapti. Oxirigacha kurashamiz, qo'lni tushirish niyatimiz yo'q. Hali oldinda g'alabalar keladi" - deydi "Turon" ustozi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика