Bogdan Milich: "Andijon"da o'zimni uydagidek his qilmoqdaman"
15 fev 2022 08:25
Yangiliklar
Bogdan Milich: "Andijon"da o'zimni uydagidek his qilmoqdaman"
Viktor Kumikov shogirdlari bugun Antaliya yig'ini doirasida ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Moskvaning "Torpedo" jamoasi bilan kechgan to'qnashuvda "burgutlar"ning chernogoriyalik hujumchisi Bogdan Milichning ikkita goli o'yindan tashqari holat sifatida qayd etildi. Bahs yakuniga etgan pallada Milichning fikrlari bilan qiziqdik.
"Yaxshi ham bu o'rtoqlik uchrashuvi edi. SHu bois ortiqcha hissiyotlarga berilishni payti emas. Birinchi golda menimcha ofsayd yo'q edi, ikkinchi golda hakam to'g'ri qaror chiqardi. CHempionatga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. CHunki hali holatimiz yuz foiz talabga javob bermaydi. Ishlashda davom etamiz. Pro-liga o'yinlarida harakatlarimiz o'xshishi uchun hozirgi xatolarni foydali, deb bilaman.
"Andijon"da ichki muhitga gap bo'lishi mumkin emas. O'zimni xuddi uyimdagidek his qilmoqdaman", - deydi Milich.
Fikrlar