Boburbek Yo'ldoshev nima uchun Turkiya klubida qolmaganiga izoh berib o'tdi
03 okt 2013 14:31
Yangiliklar
Boburbek Yo'ldoshev nima uchun Turkiya klubida qolmaganiga izoh berib o'tdi
O'zbekistonning sobiq yoshlar terma jamoasi va Toshkentning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Boburbek Yo'ldoshev bilan uyushtirgan suhbatimizda bizni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tdi.
- Boburbek hozirgi kunda yoshlar terma jamoamizning barcha azolari o'z klublarida va bu tarkib endi deyarli tarqalib ketdi deya ayta olamiz. Endi bu jamoa olimpiya terma jamoasiga aylandi. Keyingi yig'iladigan tarkib bu borada ancha o'zgarishlarni amalga oshirsa kerak?
- Katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Negaki hozirda Jahon chempionatida ishtirok etgan barcha futbolchilarni o'z klublarida maydonga tushmayotganini ko'rayapmiz. Bu borada men biron bir fikr aytishim qiyin. Futbolchida har doim holat har xil bo'ladi va olimpiya termasigacha hali kim qanday holatda etib borishi borasida fikr bildirib bo'lmaydi. Misol uchun, Misrdagi yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan so'ng ham tarkib olimpiya terma jamoasi uchun katta o'zgarishlar bo'lgandi.
- Xuddi shu borada aytib o'tadigan bo'lsak Ahmadjon Ubaydullaev boshqaruvidagi yoshlar terma jamoasi azolari JCH dan so'ng turli xil sabablarga ko'ra o'yin saviyasini tushirib yubordi. Balki "yulduzlik" kasaliga uchragandir. Endi navbat bu yoshlar terma jamoasiga kelmadimikin deb qo'rqamiz?
- Futbol ichida yo'qolib ketishi bu har bir futbolchining o'ziga bog'liqdir. Professional futbolchi hech qachon pastlamaydi . O'yinini kuchaytirib, o'z ustida ishlab borsa va albatta birinchi o'rinda yuqorida aytilgan "kasallik"ka uchramasa faqat yuqorilaydi. Murabbiy har bir futbolchiga qaray olmaydi. SHuning uchun har kim o'zi uchun ishlashi kerak.
- Balki sizlarda ham bu "kasallik" bo'layotgandir. Bunga sabab JCH dan so'ng deyarli barcha yoshlarimiz (Sardor Rahmonov, Abbos Maxsitaliev, Boburbek Yo'ldoshev va boshqalar) oliy ligada bir nechtada o'yinga chetlashtirilmoqda.
- Bu borada bir narsani aytib o'tishim kerak. Har bir futbolchida emociya bo'ladi. Kimdadir ko'proq kimdadir ozroq. Qizil kartochka futbol ichida bo'ladi va bundagi hollarni tariflab bo'lmaydi. Faqatgina o'yindan so'nggina buni anglab etish mumkin. Misol uchun, men "Nasaf" o'rinbosarlari bilan o'yindan chetlashtirildim. O'yindan so'ng o'ylab shunga amin bo'ldimki bizdagi masuliyat boshqalarga qaraganda yuqoriroq. Ushbu xatoimdan etarli xulosalar chiqarib bo'ldim.
- JCH dan so'ng Turkiyaning "Manisaspor" klubiga o'tganingiz haqida aytib o'tgan edingiz. SHundan so'ng ortga qaytdingiz bu borada to'liqroq aytib o'tsangiz?
- Men hali intervyu berib o'sha klubga o'tmasimdanoq matbuotda bu haqida xabar chiqib bo'lgan ekan. Turk matbuotida chiqqan xabardan so'ng bu haqida men ham aytib o'tganman. To'g'risini aytganimda dastlab menga Turkiyaning o'zidayoq usha klubdan aniq taklif tushdi. Klub bosh murabbiyi meni klubiga taklif etdi. Men ko'riksiz ushbu klub bilan og'zaki kelishuvga erishib ortga qaytdim. SHundan so'ng ular menga bilet va barcha harajatlarni to'lab chaqirishdi. Yana bir bor aytib o'tay men u yoqqa ko'rikka emas shartnomani imzolashga bordim. Hamma narsa oxirigacha hal qilib bo'lingan edi. Men borganimdan so'ng tayyor shartnoma va uni imzolab maydonga tushishim kerak edi deb o'ylardim. Bordim. Hamma murabbiylarga o'yinim maqul keldi. Oxirgi muzokaradan so'ng ertalab shartnoma imzolashim kerak edi. Ertalab shartnoma imzolashga borsam menga Toshkentdan aytdiki shartnoma imzolanmadi va menga hech qanday malumotsiz ortga qaytdim.
- Ortga qaytganingizdan so'ng buning sababini so'radingizmi? Muammo pul borasida bo'lishi katta extimol bilan aniq variantku.
- SHunga yaqin holat ekan. Klub meni ikki yilga ijaraga olishi kerak edi va shundan so'ng to'liq sotib olishi mumkin ekan. Kelishib bo'lingan shartnoma o'xshamadi va ortga qaytim. Qaytib keldim va endi sababini aytishdan mano yo'q deb bilaman. Endi bor etiborim "Lokomotiv"ga qaratiladi.
Humoyun Davurov suhbatlashdi.

Fikrlar