So’nggi yangiliklar

14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  2 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  3 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  9 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  2 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6

Bobur Zuhriddinov: “Neftchi” kutganimdan ko'ra, yaxshi o'ynadi” Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: “Neftchi” kutganimdan ko'ra, yaxshi o'ynadi”

“Neftchi” – “Obod” (1:0) bahsidan so'ng mehmonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Qiziqarli o'yin bo'ldi.  Bunday irodali bahslar xar ikkala jamoani yanada kuchli qilishiga shubham yo'q. “Neftchi” kutganimdan ko'ra, yaxshi o'ynadi. Avvalgi bahslarni ko'rib chiqqandim. Bugun “Neftchi” jamoasi oldingi uchrashuvlarga qaraganda, jiddiyroq o'yin namoyish etdi. Raqibni tabriklayman.

- Bugun “Obod” jamoasi vaziyatlardan foydalana olmaganini qanday izohlaysiz?
- Vaziyatlardan foydalana olmaslik muammosi faqat bizda emas. Bu muammo juda ko'p jamoalarda mavjud. Hujumlarni samarali yakunlash borasida ishlayapmiz. “Obod” – yosh jamoa. Ularga sovuqqonlik etishmayapti.

- Natija mehmonlar uchun yomon bo'lishiga qaramay, yaxshi kayfiyatda intervyu beryapsiz. O'yindan to'liq qoniqdizmi?
- Bugun shogirdlarim men bergan ko'rsatmalarni 95 % aniq bajardi. Faqat bazi vaziyatlarda xato qilishdi va bu xatolar mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Tushkunlikka tushish yo'q. Keyingi o'yinlarga tayyorlanamiz

- Bitti o'yinda 3 ta penalti. Buni qanday izohlaysiz?
- Bu o'yinni o'ta murosasiz o'tganidek dalolat beradi. Jamoamizda hamma narsa etarli. Yigitlarda o'yinga bo'lgan shijoat yuqori. Faqat g'alaba kam xolos, - dedi “Obod” murabbiyi.

“Neftchi” matbuot xizmati.
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика