So’nggi yangiliklar

00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 00:00"Челси" - "Лос-Анжелес"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  4 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  8 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3

Bobur Zuhriddinov: BAA yig'ini samarali o'tdi Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: BAA yig'ini samarali o'tdi

"Obod"dagi ikkinchi suhbatimizga jamoaning murabbiylar shtabi azosi Bobur Zuxriddinov ham qo'shildi.

Ushbu yosh mutaxassis jamoaning BAAdagi yig'ini to'g'risida gapirib berdi.

- BAAdagi yig'in jamoamiz uchun ancha samarali va foydali bo'ldi, deyish mumkin, deb so'z boshladi murabbiy. – Ushbu xorij yig'inidan ko'zlangan asosiy maqsad, avvalo jamoamiz azolarining jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, qolaversa kuchli sparring raqiblarga qarshi o'yinlarda maydonga tushib yigitlarning ruhiy holatini kuchaytirish edi. BAAda bizga barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Mashg'ulot o'tash uchun ideal darajadagi maydonlar, plyaj va kuchli sparring-raqiblar. Endi qilingan mehnatlarimiz mahsulini chempionat ko'rsatib beradi.

- Aytingchi, BAAdagi yig'inda sizlarga qaysi jamoalar raqib bo'lishdi va bu o'yinlarda jamoaning hatti-harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Amirliklardagi yig'in davomida jamoamiz 4ta nazorat-sinov o'yinida maydonga tushdi. Raqiblarimizdan uchtasi Xitoy superligasi vakillari, yana bir raqib esa mahalliy “Dubay” FK bo'ldi. Tarkibida milliy terma jamoamiz azosi Egor Krimec to'p suradigan “Beyjing Guan” jamoasini OCHLdagi o'yinlari orqali muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Qolaversa, bu jamoani italiyalik taniqli mutaxassis Alberto Zakkeroni boshqarib boradi. Jamoa tarkibidan braziliyalik futbolchilar Augusto Renato, Kleber, Xitoy terma jamoasiga azo bir qator futbolchilar o'rin olgan bo'lishiga qaramay ularga qarshi munosib to'p surdik, deb o'ylayman. O'ta murosasiz kechgan bahs 1-1 hisobida yakunlandi. Bizning hisobga yozilgan golni raqib himoyachisi o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. SHu kuni jamoamiz mazkur tarkibda to'p surdi: Dilshod Hamroev, Xurshid G'iyosov, Javlon Iskandarov, Ilxom Komilov, SHerzod Jalilov, Javohir Qahramonov, SHoxruz Norxonov, Sanjar To'raqulov, G'ayrat Umirov, Alisher Azizov, Vladislav Nuriev. Keyingi o'yinimiz esa “Ganchjou Grintaun” klubiga qarshi kechdi. Bu o'yinda jamoalar ochiq futbol namoyish etishdi va natijada darvozalar 4 marta ishg'ol etildi. Jamoa safida avstraliyalik mashhur futbolchi Tim Kexill to'p surishini aytish kerak. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlanib, unda jamoamiz azolaridan Alisher Azizov hamda Sanjar To'raqulovlar o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi. Uchinchi o'yinimiz milliy terma jamoamizning yana bir azosi Anzur Ismoilov to'p tepayotgan “CHanchung Yatay” klubi bilan bo'ldi. Bu o'yinda hisob ochilmadi. Nihoyat BAA yig'ini doirasidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi mahalliy “Dubay” FK jamoasiga qarshi kechdi va unda Sanjar Baratov tomonidan urilgan gol jamoamizga g'alaba keltirdi. Tan olish kerak, mazkur o'yinlarda klub azolari ajoyib o'yinlar ko'rsatishdi. Nomdor raqib va futbolchilarga qarshi yigitlar bor kuchlarini berib o'ynashdi. “CHanchung Yatay”ga qarshi o'yindan keyin Anzur Ismoilov oldimizga kelib, jamoaimz haqida iliq fikrlar bildirgani yigitlarning ruhini ko'tarib yubordi.

- Bobur, jamoa tarkibiga etibor qaratsak nomdor futbolchilarga deyarli ko'zimiz tushmaydi. Nimaning evaziga jamoa bu yutuqlarga erishmoqda?

- Fikringizga qo'shilaman. To'g'ri, jamoamiz safida oliy liga klublarida o'ynagan tajribali futbolchilar yo'q hisobi. Ammo, bu jamoamiz safida past saviyali futbolchilar to'p surayotganini anglatmaydi. Men bir qator futbolchilarimiz oliy liganing istalgan klubida o'ynab keta olishiga ishonaman. Bizning jamoada avvalo ajoyib muhit shakllangan. Tarkibni shakllantirishda avvalo futbolchilarning insoniylik fazilatlariga ham etibor qaratamiz. Mahorati har qancha kuchli bo'lmasin, jamoadagi muhitni buzilishiga sababchi bo'ladigan futbolchilar bizga kerak emas. Yutuqlarimizning bosh omili jamoaviy birdamlik va ahillikda, deb bilaman.

- Jamoa mavsumga qanchalik tayyor, deb o'ylaysiz?

- Ayni paytda jamoa mavsumga 70-75 foizcha tayyor bo'lgan. Albatta, turdan turga jamoa o'yinini kuchaytirib boramiz va 4-5 turdan keyin 100 foiz tayyor bo'lamiz.

- CHempionatda jamoa oldiga qanday maqsadlar qo'yilgan?

- Klub oldiga aniq vazifa qo'yilmagan. Ammo bu chempionatda maqsadsiz qatnashamiz, degani emas. “Obod” jamoasi har bir o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushadi va imkon qadar maksimal darajada yuqoriroq o'rinni egallashga harakat qilamiz.

- Jamoa o'z bazasiga egami? Mashg'ulotlar qaerda olib boriladi?

- Albatta bazamiz bor. Toshkent viloyatining Zangiota tumani “Xonobod” mavzesida tabiiy qoplamali maydon va baza barpo etilgan.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- CHempionatning har qachongidan qiziqarli va murosasiz kechishini hamda milliy termamizning JCH-2018 yo'lida muvaffaqiyatli odimlashini.


Obod FK matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика