So’nggi yangiliklar

14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  5 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  1 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  15 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2

Bobur Yuldashev: “SHu darajaga chiqishimda Vadim Abramovning xizmatlari katta” Yangiliklar

Bobur Yuldashev: “SHu darajaga chiqishimda Vadim Abramovning xizmatlari katta”

Teglar :  AGMKBobur Yuldashev
“Bunyodkor” va AGMK jamoalari ishtrokidagi o'yinda stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar ikkita bir-biridan ajoyib gollarni tomosha qilishga muyassar bo'lishdi.

Mazkur bahsdan so'ng, darvozaga kiritilgan ikkinchi gol muallifi Bobur Yuldashevni suhbatga chorladik.

- “Bunyodkor” bilan kechgan uchrashuv haqida fikr mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Poytaxt jamoasi bilan o'yin oson kechmasligini oldindan bilardik. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'lgandi. Birinchi bo'limda urgan gollarimiz bizga ustunlik va biroz xotirjamlik berdi. Baribir yakunda o'zimiz uchun kerakli natijaga erishdik.

- AGMK umumiy hisobda uchinchi marotaba “qaldirg'ochlar” dan uch ochko tortib olishni uddasidan chiqdi...Nima deb o'ylaysiz raqib sizlarga etarlicha qarshilik ko'rsatdimi?
- Bu – futbol! Unda kimdir yutadi yoki yutqazadi. Ular ikkinchi bo'limda, hisobdagi farqni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga o'tishdi.



- Umuman poytaxt jamoalari bilan kechadigan uchrashuvlarning qiziqarli tus olishini boisi nimada?
- Kuchli klublarga qarshi o'yinlar nimasi bilan qiziq? Menimcha ularga qarshi o'yinga hozirlik ham jiddiy bo'ladi. SHuningdek poytaxt klublari hujumkor va ochiq futbol taklif qilishadi.

- Vadim Abramov bilan avval ham birga ishlagansiz. Uning uslubi va qarashlaridan xabardorsiz. Sizningcha uning jamoasiga nima etishmayapti?
- Meni shu darajaga chiqishimda Vadim Karlenovichning xizmatlari katta. Balki terma jamoaga murabbiy etib tayinlagani jamoaga tasir qilayotgan bo'lishi mumkin. Yana bilmadim.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика