So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  5 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  15 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Bobur Yo'ldoshev: "TTYMI maydonini ko'rib to'g'risi achindim" Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "TTYMI maydonini ko'rib to'g'risi achindim"

Olmaliqning AGMK jamoasi bu turda ham g'alabali yurishini davom ettirdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlarining navbatdagi "qurboni" "Andijon" jamoasi bo'ldi. Coca Cola Superliga 11-turida TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda olmaliqliklar raqiblarini 3:1 hisobida taslim qildi va mag'lubiyatsiz seriyasini 11ta uchrashuvga etkazdi. Ushbu bahsdan so'ng AGMK jamoasi himoyachisi Bobur Yo'ldoshev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"To'g'ri "Lokomotiv" bilan o'yindagi scenariy takrorlandi. Lekin, "Andijon" ko'proq himoyaga etibor qaratdi, bo'sh hududlar qoldirmaslikka harakat qildi. "Lokomotiv" esa ochiq o'yin taklif qilgandi. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratmoqdamiz, imkoniyatlar bo'lyapti. Ammo, gol urishga qiynalmoqdamiz. SHu narsa bizga to'sqinlik qilmoqda deyishim mumkin.

TTYMI maydonini ko'rib to'g'risi achindim. Avvallari ham bu erda ko'p o'ynaganman, maydon holati alo darajada bo'lardi. Murabbiyimiz aytganlaridek bu bahona bo'lmasligi kerak. "Andijon" ham shu maydonda o'ynadi, biz ham. Lekin, u qadar yomon emas, bemalol futbol o'ynasa bo'ladi.

Mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotganimizdan xursandman. Bu holat yoqimlidir. O'tgan mavsumda jamoa murabbiydan tortib futbolchigacha yangidan tuzilgandi. Har qanday jamoani shakllantirish uchun malum bir vaqt kerak bo'ladi. Bu yil jamoamiz har tomonlama shakllanishga erishdi. Oldinga intilish va o'sishda davom etamiz",- deydi Yo'ldoshev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика