So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  44 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

Bobur Yo'ldoshev: Lokomotivdan boshqa o'zbek klubida o'ynamayman Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: Lokomotivdan boshqa o'zbek klubida o'ynamayman

Joriy mavsum Toshkentning Lokomotiv klubi uchun kutilganidan ham omadli keldi. Jamoa ham chempionlik, ham kubokni qo'lga kiritib, oltin dublga erishdi.
SHu tariqa temiryo'lchilar bir mavsumda har ikki sovrinni qo'lga kiritgan beshinchi jamoaga aylanishdi. Mirko Yelichich va Andrey Miklyaev shogirdlari OCHLning chorak finaliga qadar etib borib, bo'lajak vice-chempion Al-Aynga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berishdi. Umuman olganda, Loko qita musobaqasida ham yomon taassurot qoldirmadi. Jamoa kelasi yili Osiyoning eng nufuzli musobaqasini to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan boshlaydi. Biz Nasafga qarshi kechgan kubok finalidan so'ng Lokomotiv himoyachisi Bobur Yo'ldoshevdan intervyu oldik. Etiborga molik jihati, istedodli futbolchi 2010 yildan beri Lokomotiv sharafini himoya qilib kelyapti. U boshqa klublarda o'ynamagan.

- Bobur, avvalo, O'zbekiston kubogi qo'lga kiritilgani bilan tabriklayman. Suhbatimiz boshida final haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.


- Tabrik uchun rahmat. Hal qiluvchi bahs juda qiziqarli kechdi. Nasaf ham yorqin taassurot qoldirdi. Raqib jamoa futbolchilari oxirigacha kurashishdi. Lekin biz uchrashuv boshida tezkor gol urib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. SHundan so'ng ham darvozani ishg'ol qilish uchun ko'plab vaziyatlar yaratganimizga qaramay, ulardan unumli foydalana olmadik. Asosiysi, kubokni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz.

- Tezkor gol Lokomotivning ishini engillashtirdimi?


- Bunday demagan bo'lardim. SHunchaki, hisobni ochganimizdan so'ng xotirjamroq harakat qildik.

- O'yinga qanday taktika tanlangandi?


- Hujumkorlikka urg'u berdik. Murabbiylar ilk daqiqalardan ustunlikni o'z tomonimizga og'dirib olishimiz lozimligini uqtirishgandi va buning uddasidan chiqdik.

- Nasaf bilan bu yil uch marotaba to'qnash keldinglar. Mana shu o'yinlardan qaysi biri eng qiyini bo'ldi?


- Hammasi ham murakkab kechdi. Lekin ular orasida eng shiddatlisi Toshkentda o'tkazildi. CHempionlik masalasini uzil-kesil hal qilgan o'sha o'yinda biz 3:2 hisobida g'alaba qozongandik. Dramatik ko'rinish olgan uchrashuvdan so'ng muxlislarimiz uylariga juda yaxshi kayfiyatda qaytishgandi.

- Kubok finalining Samar- qandda o'tkazilganiga munosabatingiz qanday?


- Albatta, ijobiy. Har doim ham muxlislar bilan to'lgan stadionda o'yin o'tkazavermaysiz. Qolaversa, futbol bayramlarining viloyatlarga taqdim etilishini qo'llab-quvvatlayman. Kubok finalini tomosha qilish uchun minglab muxlislar kelishdi, ayrimlar arenaga kira olmay, tashqarida qolib ketishdi. Tribunalar muxlislar bilan to'lsa, futbol jozibasi ortaveradi. Bu esa o'yinchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Finallarni viloyatlarda o'tkazish ananasi davom etishi tarafdoriman.

- Adashmasam, bu siz qo'lga kiritgan ikkinchi kubok bo'ldi, shundaymi?


- Ha, ilk bor 2014 yili Lokomotiv safida ushbu sovringa ega chiqqandim. Lekin bu galgisi o'zgacha taassurot qoldirdi. Oltin dubl baribir, boshqacha bo'lar ekan.

- Maydonning holati yaxshi edimi?


- Bemalol futbol o'ynasa bo'ladi. Buning uchun Samarqand viloyati futbol federaciyasi hamda Dinamo klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Maydon qordan butunlay tozalandi. Kuzning so'nggi kunida o'yin o'tkazdik, sovuq ob-havo sharoiti hukm surgan paytlarda chimning holati yaxshi bo'lmaydi. SHunga qaramay, tashkilotchilar keng ko'lamdagi ishni amalga oshirishdi.

- Bu yil Lokomotiv uchun juda omadli keldi. Taassurotlar bir olam bo'lsa kerak?


- Xuddi shunday. Lokomotiv klubi rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va jamoamiz muxlislari bu onlarni uzoq kutishgan edi. Nihoyat, orzular ro'yobga chiqdi, maqsadimizga erishdik. O'zbekistonning eng kuchli jamoasiga aylandik.

- Mavsum oson kechmagani aniq. Ayting-chi, qaysi bahslar chempionlik yo'lidagi eng qiyini bo'ldi?


- Biror-bir uchrashuvni alohida ajratib ko'rsatolmayman. Biz uchun 30ta o'yinning barchasi murakkab kechdi. CHempionlikka davogar jamoaga qolgan barcha klublar jiddiy qarshilik ko'rsatishdi.

- Lokomotiv tarkibi juda kuchli. Jamoa aynan shuning hisobiga jamoa chempion bo'lib, kubokni qo'lga kiritdimi?


- Mening bu boradagi fikrim biroz boshqacha. Tarkibi kuchli jamoa har doim chempionlikka erishavermaydi. Bunga o'zimizning chempionatdan ham misollar ko'p. Fikrimcha, hamma gap birdamlik va hamjihatlikda. Jamoa ahil bo'lmasa, yagona maqsad sari intilmasa, niyatiga etolmaydi.

- Bobur, joriy mavsumdagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?


- Afsuski, yo'q. CHunki mavsumning katta qismini maydon tashqarisida o'tkazdim. Yilning dastlabki pallasini deyarli sog'lig'imni tiklashga sarfladim. Ikkinchi davra boshlarida ham hali to'liq sport formasiga kirmagandim. Hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman. CHempionlik va kubokni qo'lga kiritishimizda jamoadoshlarimning hissalari katta bo'ldi. Buning uchun ularga rahmat aytaman.

- O'z statistikangizni kuzatib borasizmi?


- Albatta. Har bir mavsum so'ngida o'yinlarimni tahlil qilib chiqaman. Nechta bahsda maydonga tushib, qancha vaqt o'ynadim, bularni hammasini hisoblab boraman. Kamchiliklarimni yo'qotishga intilaman. SHu tariqa ijobiylikka erishish mumkin bo'ladi.

- Faoliyatingiz davomida faqat Lokomotiv klubida o'ynagansiz...


- 2010 yildan beri temiryo'lchilar tarkibidaman. Bu jamoa o'z oilamdek bo'lib qolgan. SHu kungacha ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynadim. Ularning har biridan nimadir o'rgandim. Lokomotivni juda yaxshi ko'raman. O'zbekistonning eng kuchli klubida to'p surayotganimdan xursandman. SHaxsan men uchun 6 yillik orzum amalga oshdi. Faoliyatimda ilk bor O'zbekiston chempioniga aylandim. Quvonchli onlar bardavom bo'lishini chin dildan istayman.

- Lokomotivdan boshqa qaysi o'zbek klubida o'ynagan bo'lar edingiz?


- Ayni paytda hech qaysi jamoada. Ha, aynan shunday. Xorijdan taklif tushsagina, klubimni almashtirishim mumkin. SHunda ham rahbariyat rozilik bersa, keyin ketaman. Yuqorida Lokomotiv oilamdek bo'lib qolgan dedim. Oilani tashlab ketib bo'ladimi? Balki, bu taqdirdir! O'zimni boshqa jamoa safida tasavvur qilolmayman. Umuman, oldindan bir narsa de-yish qiyin.

- SHu paytgacha boshqa klublardan takliflar tushganmi? Nima uchun ularni qabul qilmagansiz?


- Albatta, bo'lgan. 2013 yili Turkiyadan taklif tushgan. Jamoa ko'rigidan o'tish uchun ushbu mamlakatga borganman. Ular meni yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida kuzatishgan ekan. O'zbekiston terma jamoasi kichik mundialda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Mashg'ulotdagi harakatlarim murabbiylarga maqul kelgan bo'lsada, klublar o'zaro kelisha olishmagan. Aks holda, faoliyatimda katta o'zgarishlar ro'y berishi mumkin edi. O'sha paytda Lokomotiv bilan amaldagi shartnomam bo'lgan. SHu bois, yana Toshkentga qaytishimga to'g'ri kelgan.

- Xorijdagi qaysi jamoaga befarq emassiz?


- Manchester Yunayted o'yinlarini miriqib tomosha qilaman. SHuningdek, Madridning Real klubiga ham befarq emasman. Bu ikki jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni qoldirmay ko'rib boraman. Madridliklarning joriy mavsumdagi ishlari besh. Lekin qizil iblislar haqida afsuski, bunday deya olmayman. MYU bir necha yildan beri o'ziga kelolmayapti. Murabbiylar almashdi, lekin bu ham foyda bermadi.

- Suhbatlarimizning birida Barselona afsonasi Karles Puyolga havas qilaman, degandingiz. Bugungi kun himoyachilaridan kimlarning o'yini maqul kelmoqda?


- To'g'ri, Puyolning muxlisiman. Futbol o'yinlarini shunchaki ko'rmayman. O'zim tomosha qilgan uchrashuvlarda himoyachilarning harakatlarini kuzatib boraman. Bugungi kunda Serxio Ramos, Jerar Pikening o'yin-laridan zavq olaman. Ulardan o'rganadigan jihatlar ko'p.

- Aleks Fergyusondan keyin Manchester Yunayted o'ziga kela olmayapti. Murabbiylar almashishi ham natijaga tasir o'tkazmayapti. Ushbu klub muxlisi sifatida mavjud holat yuzasidan nima deya olasiz?


- SHubhasiz, ser Aleks Fergyuson - Manchester Yunayted afsonasi. Bunday murabbiy yaqin 10 yillar ichida kelmasa kerak. Ushbu mutaxassisning jamoa o'yinlarini tribunadan kuyunchaklik bilan kuzatayotganini ko'rib yuragim eziladi. Hozir MYU o'tish davrini boshdan kechiryapti, lekin bu jarayon juda cho'zilib ketgandek. Avvalgi mavqeni tiklab olish uchun jamoaga vaqt kerak. Natijalar qanday bo'lishidan qatiy nazar, shu klub muxlisi bo'lib qolaveraman.

- Joze Mourino jamoani omadsizliklar girdobidan olib chiqib keta olarmikan?


- Buni vaqt ko'rsatadi. Lekin MYUning avvalgi shoni tiklanishini juda xohlayman. Menimcha, bunday fikrdagi muxlislar millionlarni tashkil qiladi.

- Bobur, milliy chempionatimiz saviyasi haqida ko'p gapiril-yapti. SHaxsiy fikringiz qanday? Joriy mavsumdagi bahslar misolida bu borada o'sish ko'zga tashlandimi?


- O'tgan yilgiga qaraganda ancha o'sish bo'ldi, deya olaman. CHempionatimiz qiziqarli kechdi, g'oliblik uchun deyarli so'nggi turgacha kurash davom etdi. Oliy ligani tark etadigan jamoa nomi ham finishda aniq bo'ldi. Sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan klublar soni ko'paydi. Paxtakor, Buxoro, Metallurg, Qizilqum turnir jadvalining yuqori uchligidan joy olganlarga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Buxoroning bronza medalini qo'lga kiritishiga bir bahya qoldi. O'ylashimcha, kelasi mavsum yanada shiddatli kechadi.

- Stadiondagi tomoshabinlar soni kamaydi. Bu shiddatli o'yinlarning kamligidanmi yoki bosh-qa sababi ham bormi? Futbolchilar ayni mavzuni hech muhokama qilishadimi?


- Albatta. Muxlislar stadionga tashrif buyurib, tribunalarni to'ldirib o'tirishsa, mazkur holat futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi, o'yinlarimiz ham boshqacha chiqadi. Hozir biroz azart yo'qolgandek tuyulyapti, bu esa aynan muxlislar bilan bog'liq holat. Qolaversa, bizda marketing tizimi deyarli ishlamaydi. O'yinlarning reklamasi nolga teng, desa ham bo'ladi. Ko'chalardagi afishalarni ko'paytirish kerak. Televidenie va radioda targ'ibot yo'q. O'yinning qachon o'tkazilishini bilmagan ishqiboz stadionga qanday keladi? Muxlislarni futbolga qiziqtirish darkor. Ko'pincha bizdan Qachon o'ynaysizlar, uchrashuv soat nechada boshlanadi? deb so'rashadi. Bu biroz kulgili va qaysidir manoda ayanchli holat. Qolaversa, o'yinlar tomoshabinlar uchun qulay vaqtga belgilanishi lozim. Qoq peshinda kimning ham futbol ko'rgisi kelardi? Odamlar ishdan bo'shab, keyin stadionga tashrif buyurishadi. Butun dunyoda shunday, bizda esa aksi. Agar mana shu aytib o'tilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, sport inshootlarida anshlag kuzatiladi. Men bunga ishonaman. Yana bir narsani aytish esdan chiqibdi. Rivaldo yurtimizda to'p surgan kezlari stadionlar ishqibozlarga to'lardi. Tomoshabinlar braziliyalik futbol yulduzining o'yinini ko'rish uchun stadionga kelishardi. Demak, oliy ligaga yulduz legionerlar ham kerak.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика