Bobur Yo'ldoshev: “AGMK bu yil sovrinli o'rinlarni egallashga intiladi”
04 fev 2020 20:35
Yangiliklar


Bobur Yo'ldoshev: “AGMK bu yil sovrinli o'rinlarni egallashga intiladi”
Rejaga ko'ra, jamoa azolari 2 fevral kuni Turkmaniston terma jamosiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Unda bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ikkita tarkib, shuningdek turli taktik chizmalarni sinovdan o'tkazdi. Mazkur bahsdan so'ng AGMK himoyachisi Bobur Yo'ldoshev qisqa fikrlarini bildirdi.
“Amirliklarda yig'in maromida o'tmoqda. Hammasi ko'ngildagidek Mashg'ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka va taktik tomonlarga etibor qaratilmoqda. SHuningdek ko'proq to'p bilan ham ishlayapmiz. SHubhasiz bu yil sovrinli o'rinlarni egallashga intilamiz.
Bitta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Turkmanistonni 1:0 hisobida mag'lub etdik. Oldinda yana uchta nazorat bahsi bo'lib o'tishi kutilyapti. O'yindan-o'yinga shakllanib yaxshi sport formasiga kirib boramiz deb o'ylayman. CHempionat startida eng mukammal holatda bo'lamiz”,- deydi Bobur Yo'ldoshev.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar