So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  156 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  135 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Bobur Qosimov: "Buxoro"dagi sharoitlar Superliga klublarinikidan qolishmaydi" Yangiliklar

Bobur Qosimov: "Buxoro"dagi sharoitlar Superliga klublarinikidan qolishmaydi"

Xabaringiz bor, kecha PRO-Ligada 4-tur o'yinlariga yakun yasaldi.

Toshkentda “Olimpik” bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozonib turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Bahsning so'nggi soniyalarida raqib darvozasiga ikkinchi to'pni kiritgan Bobur Qosimov “uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi” deya etirof etildi. O'yindan keyin buxoroliklarning mazkur futbolchisi bilan suhbatlashdik.

- Bobur avvalo, qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz. “Olimpik” bilan o'tgan o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

- Mazkur uchrashuvga har doimgidek jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki har bir o'yin biz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi safarda ikki to'p farqi bilan g'alaba qozongan bo'lsakda, bunga osonlikcha erishdik deb ayta olmayman. Murabbiylar shtabining bergan ko'rsatmalarini to'g'ri bajargan xolda, muvaffaqiyatga erishdik deb hisoblayman.

- Raqib jamoa xususida fikringiz qanday?

- “Olimpik” haqida fikrim ijobiy. Yoshlardan tashkil topgan klub, mazmunli o'yin ko'rsatib ko'pchilikni etiborini tortmoqda. CHempionat davomida hali ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'ladi deb bemalol aytsak bo'ladi.


Bobur Qosimov suratda pastki qator, o'ngdan ikkinchi .



- “Buxoro” jamoasining tarkibi bu yil yangitdan tashkil etildi. Futbolchilarning bir birlari bilan tushunib ketishi va jamoadagi ichki muhit to'g'risida ham to'xtalib o'tsangiz.

- Bosh murabbiy Davron aka Fayziev bu yil “Buxoro”ni qabul qilib olgach, tarkibni tajribali va shu bilan birga iqtidorli yoshlar bilan to'ldirib, ahil bir oilani shakllantirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'quv-yig'inlar boshlangan paytdayoq hamma futbolchilar bir-birini qo'llab-quvvatlab kurashchan jamoaga aylana oldik. Tabiiyki o'z-o'zidan ichki muhit ham ajoyib darajada. Menimcha futbolda bu eng muhimidir.

- Jamoa oldiga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. SHaroitlar ham shunga yarasha bo'lyaptimi?

- Albatta, bu borada nolishga xojat yo'q. Klub rahbariyati jamoaga barcha qulayliklarni imkon qadar yaratib bermoqda. Ochig'ini aytganda, “Buxoro”dagi sharoitlar Superliga klublarinikidan qolishmaydi.

- “Buxoro” bu yil ham o'z maydonidagi o'yinlarni safarda o'tkazishga majbur bo'lmoqda. Bu xolat futbolchilarga salbiy tasir o'tkazsa kerak?

- To'g'ri, malum bir miqdorda baribir ruhan tasir qilishi mumkin. Sababi o'z uyingda, muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash birmuncha qulayliklarni keltirib chiqaradi. Aytishadi-ku o'z uyingda devorlar ham yordam beradi deb. SHuning uchun biz ham Buxorodagi maydonimizda o'ynasak osonroq bo'lardi yanada. Lekin sharoit shuni taqozo qilyapti ekan, qaerda bo'lsa ham o'ynashga tayyormiz. Asosiysi har bir uchrashuvda g'alaba qozonib, oldimizga qo'yilgan vazifa sari bir qadam tashlashdir.

- “Olimpik” – “Buxoro” uchrashuvining “eng yaxshi futbolchisi” deya etirof etildingiz. Bunday bo'lishingizni kutganmidingiz? Umuman olganda ko'rsatgan o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yo'q, kutmagandim. Fikrimcha bunga ko'proq jamoadoshim Rustam Abduhamidov ko'proq munosib edi. O'z o'yinimga keladigan bo'lsak, menimcha hech qaysi futbolchi o'zining xarakatlaridan to'liq qoniqish xosil qilmaydi. SHuning uchun menda ham kamchiliklar ko'p. Buning ustida mashg'ulotlarda ishlab, bartaraf etib boraman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика