So’nggi yangiliklar

15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  0 14:48"Аякс" "Гронинген" билан дуранг ўйнади ва Нидерландия чемпионати якунланишига бир тур қолганида пешқадамликни бой берди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  4 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  3 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  10 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  20 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2

Bobur Yo'ldoshev: Qizilqumni yutganimiz yaxshi bo'ldi Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: Qizilqumni yutganimiz yaxshi bo'ldi

Bu yil ham o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan Lokomotiv klubi Vadim Abramov boshchiligida chempionlik sari ishonch bilan odimlamoqda.
Jamoa erishayotgan g'alabalarga yosh va umidli futbolchi Boburbek Yo'ldoshev ham o'zining munosib ulushini qo'shib kelyapti. Lokomotiv - Qizilqum uchrashuvidan keyin Futbol ekspress gazetasi xodimlari Yo'ldoshev bilan suhbat uyushtirishdi. Quyida ushbu suhbatni etiboringizga havola qilamiz.

- Bobur, Qizilqum ustidan qozonilgan g'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi, deb o'ylaysiz?


- Birinchi navbatda jamoaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'yganimiz g'alabamizga poydevor bo'ldi. Uchrashuvdan oldinroq murabbiylar raqib biz uchun noqulay ekanligi va ehtiyorkorlik bilan to'p surishimiz kerakligi haqida ko'rsatma berishdi. SHunga o'yinning birinchi bo'limida Qizilqum ancha qiyinchilik tug'dirdi. Birinchi golni urib olganimizdan keyin, futbolchilar o'zlariga kelib olishdi va o'yinni o'z nazoratimizda ushlashga harakat qildik. O'yinchilar tushunib to'p surgani hisobda aks etdi. Muhimi, uyda uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- 7-turdan keyin ayrim jamoalar O'zbekiston kubogida to'p surdi. Lokomotiv esa navbatdagi bosqichdan kurashga qo'shilishini inobatga olsak, o'sha kunlari o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Bu esa Qizilqumga qarshi bahsda sezilmadimi?

- Nega o'yin amaliyotisiz qolib ketamiz? Kubok uchrashuvlari bo'lgan kuni biz birinchi liga ishtirokchisi Obodga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdik. Murabbiylarimiz ikki xil tarkibni maydonga tushirib, barchaning imkoniyatlarini yana bir marotaba tekshirib oldi. SHu boisdan klubimizga o'yin amaliyoti etishmadi, degan bahonani qo'llay olmasdik.

- 4:1 hisobi o'yinga mos bo'ldimi yoki bundan ham yirik hisobda g'alaba qozonish mumkin edimi?

- Menimcha, mos bo'ldi. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga urindik. Foydalana olmaganlarimiz ham bo'ldi. Hammasini golga aylantirganimizda hisob bundan ham yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim.

- Jamoani Vadim Abramov qo'lga olganidan keyin Lokomotiv qay darajada o'zgardi?

- O'zgardi. Abramov bilan avval ham birga ishlaganligimiz bois, murabbiyni qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. Vadim Karlenovich kelganidan so'ng jamoaviy o'yin yanada yaxshi yo'lga qo'yildi. Bu natijalarimizga ijobiy tasir ko'rsatmoqda. Yangi murabbiyning kelishi sekin-asta o'yinlarda ko'zga tashlanmoqda.

- Bu mavsumdan Bobur Yo'ldoshev Lokomotivni asosiy himoyachisiga aylandi. Endi o'zingizni raqobatchilardan xoli deya olasizmi?

- Bilasizmi, men hali ham o'zimga asosiy futbolchi sifatida baho bermayman. Kim o'z ustida ko'proq ishlasa, murabbiy o'shani maydonga tushiradi. Buni barcha biladi. Men mashg'ulotlarda doimo izlanishlarda bo'lmoqdaman. Raqobatchilardan xoliman deyishim mutlaqo noto'g'ri. Tarkibda har bir chiziqqa ikki yoki uchtadan futbolchi mavjud. SHu boisdan raqobat bor. Faqat, astoydil ishlashimiz va mehnatdan to'xtab qolmaslimiz kerak.

- Jamoaga kelib qo'shilgan Vyacheslav SHevchenko va Andrey Kojokar negadir jamoa o'yiniga moslashib keta olgani yo'q. Bu legionerlar mahalliy o'yinchilardan ustun deya olmaysizmi?

- To'g'risi, men boshqa futbolchilarni harakatiga baho bermayman. Boisi, men murabbiy emasman va jamoadoshlarim to'g'risida gapirishim noto'g'ri bo'ladi. Bu savolni ko'proq jamoamiz bosh murabbiyiga bersangiz maqsadga muvofiq bo'lardi. Mening shaxsiy fikrimcha, legioner futbolchilar mahalliy o'yinchilardan ustun bo'lishi kerak deb o'ylayman. Balki, SHevchenko va Kojokar jamoaga moslashib ketishi qiyin kechayotgandir. Hali birinchi davra tugatishiga beshta tur bor. SHu boisdan o'yinlari ijobiy tarafga tushib ketishiga umid qilsa bo'ladi.

- Bobur, bu yilgi olimpiya terma jamoamizda yurtimizning eng kuchli futbolchilari to'plangan. Aytingchi, bu o'yinchilar bilan olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishga umid qilsa bo'ladimi?


- Xudo xoxlasa, biz ham bu terma jamoa bilan olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishga umid bog'laganmiz. Buni uddalasak vatanimiz futboli tarixida o'zgarish qilgan bo'lardik. Ayni paytdagi terma jamoaga nomzod futbolchilar juda kuchli deya olaman. Bu yigitlar bilan bir necha yillardan beri birga to'p surib kelayotganimiz bois, o'zaro tushunishlarda muammoga yuzaga keladi deb o'ylamayman. Ayni paytda tayyorgarligimiz bosqichma-bocqich o'tmoqda. Saralashga qadar yanada optimal holatga kelishimizga ishonaman. Nasib qilsa, SHuhrat Maqsudov qo'l ostida olimpiada yo'llanmasini qo'lga kirita olamiz

- Bu yil Osiyo o'yinlari ham bo'lib o'tadi. Mazkur turnirga borishni istayotgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta, istayman. Buning uchun terma jamoa murabbiylari yig'inlarga chaqirishsa bo'ldi. O'zimni mashg'ulotlarda ko'rsatishga tayyorman. Asosiysi, menga ishonch bildirib, chaqirishsa, murabbiylarni ishonchini oqlashga bor kuchimni sarflayman. Osiyo o'yinlarida to'p sursa yomon bo'lmasdi.

Izzatbek Abduvahobov suhbatlashdi.
Futbol ekspress gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика