Bobur Yo'ldoshev: "Endi bor etiborni ichki chempionatga qaratamiz"
07 may 2015 00:00
Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "Endi bor etiborni ichki chempionatga qaratamiz"
Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichi o'z nihoyasiga etish arafasida turibdi.
Bugun 6-tur doirasidan o'rin olgan qolgan uchrashuvlar ham o'tkaziladi va pley-offga yo'l olgan barcha jamoalar nomi aniq bo'ladi. Afsuski, musobaqadagi ishtirokini guruh bosqichidayoq tugatishga majbur bo'lgan jamoalar orasida Toshkentning “Lokomotiv” klubi ham bor.
“Temiryo'lchilar” kecha Eronda “Fulad” mehmoni bo'lishdi va so'nggi bellashuvda kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Uchrashuvda “Lokomotiv”ning umidli himoyachisi Bobur Yo'ldoshev mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazdi. Biz esa Boburning o'yin borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.
“O'yinni yomon boshlamadik. Avvalboshdan maqsadimiz yaxshi o'yin namoyish qilib, so'nggi uchrashuvda muxlislarimizga kichik bo'lsa-da, quvonch hadya etish edi. Ammo bu niyatimizga eta olmadik. Yigitlar maydonda borlarini berishga intilishdi. Ammo omad biz tarafda bo'lmadi. Nima ham qila olardik… Axir bu futbol…
O'zim ham bahsni asosiy tarkibda boshlashimni bilgach, yaxshi o'yin ko'rsatishga bel bog'lagandim. Lekin har qancha harakat qilmay, gol o'tkazib yubordik va “Loko” mag'lub bo'ldi. Endi bor etiborimizni ichki chempionatga va Kubok bellashuvlariga qaratamiz” - deydi Bobur Yo'ldoshev.

Fikrlar