Bobur Farhodov: “Lutfulla To'raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo'lmasdi”
24 jan 2020 14:42
Yangiliklar
Bobur Farhodov: “Lutfulla To'raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo'lmasdi”
Uchrashuvda kiritilgan gollardan biriga zaxiradan o'yinga qo'shilgan Bobur Farhodov mualliflik qildi. Biz esa uchrashuv yakuniga etgach ushbu futbolchidan fikrlarini bildik.
“Yaxshi o'yin bo'ldi. Raqib sezganimizdek kuchli jamoa ekan. Ular birinchi bo'limda bizga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Xalqaro darajadagi uchrashuvda birinchi bor to'p tepdim. Xudoga shukur men uchun hammasi yaxshi o'tdi. Golga keladigan bo'lsak Lutfulla To'raevning ajoyib pasini golga aylantirmasam bo'lmasdi. Raqib uch oy davomida bironta uchrashuvda maydonga tushmagan bo'lsada, ularni murabbiylarimiz yaxshi o'rganib chiqishgan edi. Maydon holati yuqori darajada bo'lganida biz ham, raqib ham boshqacha o'ynagan bo'lardi. Ikkinchi bo'limda ustunlik to'liq biz tomonimizda bo'ldi”, - dedi Bobur Farhodov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar