Bobur Farhodov: "Ispaniyalik mutaxassisning ko'rsatmalariga tushunishda hech qanday muammo yo'q"
04 avg 2022 16:37
Yangiliklar


Bobur Farhodov: "Ispaniyalik mutaxassisning ko'rsatmalariga tushunishda hech qanday muammo yo'q"
- Bobur, dastlab AGMK bilan uchrashuvdan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- AGMK bilan o'yin kutilganidek, qiiyn kechdi. Biz har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Xudoga shukrki, AGMKni mag'lub etdik va muhim 3 ochko qo'lga kiritdik.
- Aynan nimaning evaziga g'alaba qo'lga kiritildi?
- Jamoadoshlarim bilan birga bosh murabbiyning ko'rsatmalarini yuz foiz bajarishga harakat qildik. Biz mehnat qilib, sabr qildik Qolgani Allohdan. Damir Temirovning goli esa ajoyib tarzda kiritildi.
- "Metallurg" safida ilk o'yiningizni o'tkazdingiz. Taassurotlar qanday?
- Ilk o'ynimga kelsak g'alaba qozonganimizdan xursandman. Lekin o'z o'yinimdan qoniqish hosil qilmadim.
- Ispaniyalik mutaxassis ko'rsatmalariga tushunishda muammo yo'qmi?
- Yo'q, albatta. Umuman bu borada muammo yo'q. CHunki klubimizda tarjimon hamda yordamchi murabbiylar bor. Ular bizga bosh murabbiy nimani istayotganini tushuntirib berishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar