So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  6 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Bobur Farhodov: “Bosh murabbiy meni hujum chizig'ida sinab ko'rmoqda” Yangiliklar

Bobur Farhodov: “Bosh murabbiy meni hujum chizig'ida sinab ko'rmoqda”

Pro-liganing 19-turida “Xorazm” safarda “Yangier” ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bu o'yinda xorazmliklar safida har ikkala gol Bobur Farhodov hisobiga yozildi. Uchrashuvdan so'ng Farhodov bilan suhbatlashdik.

G'alaba xususida

- Mazkur uchrashuv oldidan murabbiyimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat kildik. G'alaba yo'lida maydonda borimizni berib o'ynadik. Aslida birinchi bo'limning o'zida ko'p gol urishimiz mumkin edi. Afsuski, yaratilgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. SHu o'rinda “Yangier” ham ikkinchi bo'lim oxirida hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ular juda qulay vaziyatga ega bo'lsa-da, foydalana olmadi. G'alabani saqlab qolish uchun ham so'nggi daqiqalarga qadar xushyorlikga katta etibor qaratdik.

Kiritgan gollari borasida

- “Xorazm”ning oxirgi o'yinlarida bosh murabbiy meni hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynatmoqda. Albatta, bu men uchun begona bo'lgan poziciya hisoblanadi. SHunga qaramay, Aleksandr Ejov mening imkoniyatlarimni bilgani tufayli erkin harakat qilishimga imkoniyat berdi. “Yangier”ga kiritgan gollarimga to'xtalsam, o'sha kuni jamoadoshlarimning mehnati bilan bu amalga oshdi. Ochig'i, kiritgan gollarimni yaqinda hayotdan ko'z yumgan do'stim Jonibekga bag'ishladim.

Eng qiyin o'yin to'g'risida

- Hozirgacha Pro-liga doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushdim. Biz hamma raqiblar bilan yaxshi o'ynadik. Eng qiyin o'yin – “Neftchi”ga qarshi kechdi. Farg'onaliklar bilan bahsda yomon o'ynamadik. Omadimiz kelmadi. “Neftchi” esa yaratilgan vaziyatlaridan oqilona foydalanib, g'alabani tantana qildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика