Bobir Davlatov "Rubin" bilan bronza medalini qo'lga kiritdi
27 may 2015 17:21
Yangiliklar

Bobir Davlatov "Rubin" bilan bronza medalini qo'lga kiritdi
Rossiyada milliy chempionat yakunlanib bormoqda.
Yoshlar ligasining so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "Rubin" safarda "Ufa"ga qarshi bahsni o'tkazdi va bunda 3:1 hisobida qozonliklar g'alabani qo'lga kiritdi. Ushbu mavsumda 15 ta g'alaba, 6 ta durang, 9 ta mag'lubiyat natijasini qayd etgan "Rubin" o'z tarixida birinchi marta yoshlar ligasi doirasida medalga ega bo'ldi. Bu g'alaba "Rubin" yoshlariga kichik bronza medallarini taqdim etdi. 51 ochko to'plagan holda , Moskvaning "Spartak" va "Dinamo"sidan so'ng uchinchi bo'ldi.
"Rubin" yoshlari safida hamyurtimiz Bobur Davlatov ham harakat qilishidan xabaringiz bor. Futbolchi jamoaning medal qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi. Davlatov jamoasi bilan birga Rossiya chempionatini kichik bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Fikrlar