So’nggi yangiliklar

10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион эвро тўлашга тайёр  0 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  0 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  8 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  3 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  65 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2

Bobir Abdixoliqov: "Turon" menga jiddiy taklif bilan chiqdi, biroq hozirgi maqsadim Evropada o'ynash" Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov: "Turon" menga jiddiy taklif bilan chiqdi, biroq hozirgi maqsadim Evropada o'ynash"

O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov ayni paytda O'zbekistonda bo'lib turibdi.

U faoliyatini qaerda davom ettiradi? O'zbekistondami yoki yana xorijga ketadimi? SHu kabi savollar bilan Abdixoliqovga murojaat qildik.

- Bobir, sizda qanday yangiliklar bor? Faoliyatingizni qaysi klubda davom ettirishingiz aniq bo'ldimi?

- Ayni paytda O'zbekistonda xordiq chiqarayapman va yangi takliflarni ko'rib chiqayapman. Ochig'ini aytaman so'nggi kunlarda menga ko'plab takliflar bo'ldi. O'zbek klublaridan AGMK, "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Turon" klublari vakillari men bilan bog'lanishdi. Ayniqsa "Turon" klubining taklifi juda jiddiy bo'ldi. Klub rahbariyati meni jamoada ko'rishni juda xohladi. Biroq ayni paytda faoliyatimni Evropada davom ettirmoqchiman. CHet eldan bir ikkita qiziqarli variantlarim bor. Agar mobodo O'zbekistonda qolgan taqdirimda katta ehtimol "Turon"ga o'tardim. Janubiy Koreya, Isroil va Qatardan bo'lgan takliflarga rad javobini berdim. Agar pulni o'ylaganimda Koreya yoki Qatar klubiga o'tgan bo'lardim. Asosiy maqsadim pul emas, futbolchi sifatida o'sish.

- Agar O'zbekistonda qolsam "Turon"da o'ynayman dedingiz. Nima uchun aynan "Turon"?

- Sababi "Turon"ning taklifi o'ta jiddiy bo'ldi. Bundan tashqari hususiy klub bo'lishiga qaramay infratuzilmasi, futbolchilarga yaratilgan sharoitlar menga juda yoqdi. Stadiondagi so'nggi o'zgarishlar ham meni hayron qoldirgani rost. Umid qilamanki klub rahbariyati meni to'g'ri tushunadi. Hozirgi bosh maqsadim faoliyatimni Evropada davom ettirish bo'lib qolmoqda.

- Sport formangizni qanday ushlab turibsiz?

- Hozircha Qarshida, "Nasaf" safidada shug'ullanib turibman. Jismoniy holatimni ushlab turish uchun imkoniyat bergan Ro'ziqul Berdiev katta rahmat aytmoqichman.

- "Nasaf" yaqinda OFK kubogida ishtirok etib qaytdi. Sobiq klubingiz o'yinlarini tomosha qildingizmi?

- Albatta tomosha qildim. OFK kubogida "Nasaf" ajoyib natijalar qayd etdi. Husayin Norchaev, SHohmalik Komilov kabi hujumkor futbolchilar etishib chiqishmoqda, ular klubning kelajagi deb o'ylayman. "Nasaf"ga OFK kubogini qo'lga kiritishini tilab qolaman.


Nig'monxo'ja Nozimov suhbatlashdi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика