Bobir Abdixoliqov "Rux" U-21 safida ajoyib gol urdi
02 apr 2021 22:44
Yangiliklar


Bobir Abdixoliqov "Rux" U-21 safida ajoyib gol urdi
Bugun Ukrainada U-21 chempionatining 20-turi doirasidagi o'yinlar davom ettirildi.
"Rux" yoshlar jamoasiga "Zarya" raqiblik qilgan o'yinni hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov asosiy tarkibda boshladi va ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ukrainadagi faoliyatida ilk golini urib olgan hamyurtimiz jamoasining to'rtinchi goliga hammuallif ham bo'ldi.
Ayni damda "Rux"ning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasi turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "SHaxtyor"dan 8 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar