So’nggi yangiliklar

08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  2 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  5 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  2 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  12 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  5 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  5 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  8 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1

Bobir Abdixoliqov "Rux" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va SHackix raqamini tanladi Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov "Rux" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va SHackix raqamini tanladi

Ukraina premer ligasida yana bir vatandoshimiz faoliyat boshlash arafasida.

Maksim SHackix, Vitaliy Denisov va Sanjar Tursunovdan keyin endilikda Bobir Abdixoliqov Ukraina premer ligasida faoliyat yuritadigan bo'ldi.

SHahboz Beg'amovning tvitterda malum qilishicha, Bobir Abdixoliqov Lvovning "Rux" jamoasi bilan 3 yillik bitimga imzo chekkan. Kecha klubda tibbiy ko'rikdan o'tgan va "Rux" futbolchini kechaning o'zidayoq premer liga qaydnomasidan ro'yxatdan o'tkazgan.

Bobir Abdixoliqov "Rux" jamoasidagi ilk mashg'ulotni ham o'tkazishga ulgurgani haqida ham SHahboz Beg'amov o'z sahifasida malum qildi.

"Rux" klubi bugun Bobir Abdixoliqov transferini rasman elon qilishi kutilmoqda.

Etiborli tarafi, Bobir Abdixoliqov "Rux" jamoasida Ukrainada mashhur futbolchi bo'lgan Maksim SHackix singari 16-raqamni tanladi. Malumki, SHackix 2015-2016 yilgi mavsumlarda aynan "Rux" jamoasi sharafini himoya qilgan hamda futbolchilik faoliyatini aynan shu jamoada tugatgan.


Bobir futbolni puldan ustun qo'ydi


Bobir Abdixoliqov transferi malumotlari bilan batafsil bo'lishib turgan SHahboz Beg'amov kuni-kecha shunday post qoldirdi:

"Bobirga Osiyodan manfaatli takliflar bo'ldi, lekin Abdixoliqov futbolchi sifatida o'sishni tanladi. Evropada esa juda ko'p muzokaralar olib borildi va nihoyat bir qarorga kelindi. Ukrainada oson bo'lmasligi aniq. Qiyin yo'l orqali bo'lsa ham Bobir yanada shakllanishni istadi.

Masalan, o'zimizdan ham «Navbahor» va «Turon» Bobirga hozirgi bo'lajak shartnomasidan ikki karra ko'proq maosh taklif qildi. «Nasaf» esa kelishuvni uzaytirish uchun kvartira, mashina va nihoyat yaxshi sharoitga ega shartnoma berdi. Lekin Bobir Evropada o'ynash, kuchliroq ligalarga yo'l ochishni puldan ustun qo'ydi. Omad, Bobir", - deya yozadi SHahboz Beg'amov.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика