Bobir Abdixoliqov Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlar uchun O'zbekiston MTJga chaqirildi
08 noy 2022 13:43
Yangiliklar
Bobir Abdixoliqov Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlar uchun O'zbekiston MTJga chaqirildi
Championat.asia malumotlariga ko'ra, Belarus chempionati vakili "Energetik-BGU" sharafini himoya qilib kelayotgan Bobir Abdixoliqov O'zbekiston terma jamoasidan taklif oldi.
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Qozog'iston va Rossiya bilan uchrashuvlar uchun Bobir Abdixoliqovni milliy jamoaga jalb qildi.
Malumot uchun, Bobir Abdixoliqov Belarus chempionati joriy mavsumida 26 ta gol urdi. U bir mavsum davomida Belarus yuqori divizionida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. 25 yoshli forvard bu orqali 21 yil oldingi rekordni yangilagandi.
Eslatib o'tamiz, Katanec qo'l ostidagi O'zbekiston MTJ 13 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi va 16 noyabr kuni Qozog'iston, 20 noyabr kuni esa Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida qatnashadi.
Oldinroq Rossiya terma jamoasi O'zbekistonga qachon uchib kelishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar