So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

BMB Holding va Liga futbolni rivojlantirish yo'lida navbatdagi qadamni tashladi Yangiliklar

BMB Holding va Liga futbolni rivojlantirish yo'lida navbatdagi qadamni tashladi

Teglar :  PFL BMB Holding
2023 yilgi mavsumdan buyon Liga rasmiy homiysi sifatida ishlab kelayotgan BMB Holding kelishuvni yana 1 yilga uzaytirishga qaror qildi.

4 mart kuni BMB Holding Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Liga vakillarini qabul qildi. Uchrashuv davomida 2024 yilgi rejalar asosiy mavzuga aylandi. SHuningdek, 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

BMB Holding mamlakat futboli va futzali rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgani barchaga malum. U nafaqat Liga, balki Associaciya bilan ham yaqin aloqalarni yo'lga qo'ygan. O'tgan yillar davomida BMB Holding Superliga ishtirokchilari bo'lgan So'g'diyona va Lokomotiv futbol klublari bilan ham hamkorlikda faoliyat olib borgandi.

“Professional futbol liga qanday ishlayotgani va qaysi jabhalarda o'sishga erishayotganligini barcha ko'rib turibdi. BMB Holding bu kabi loyihalar rivojiga ko'maklashib keladi. Ishonamizki, 2024 yil mamlakat futboli yana bir qadam oldinga tashlashga erisha oladi. Biz futzal bo'yicha tarixda ilk marta jahon chempionatini qabul qilishga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Futbolchilarimiz esa o'z tarixida birinchi bor mundialda ishtirok etish uchun katta yo'lga chiqqan. Mana shu yo'lda BMB Holding Siz bilan ekanligini his qilishingizni istaymiz”, — deya takidladi xolding Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov.

"Liga hamda BMB Holding o'rtasidagi kelishuv nafaqat 1 yilga uzaytirildi, balki uning moliyaviy shartlarida o'sishga erishildi. Liga qatorasiga ikkinchi mavsum xolding bilan hamkorlikda faoliyat olib borilayotgani, ikki tomon o'rtasidagi iliq munosabatlar va o'zaro ishonch ortayotganini ichki chempionat rivoji yo'lidagi muhim qadamlardan biri sifatida etirof etadi. Buning uchun BMB Holding va uning ahil jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz, - deyiladi PFL xabarida.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика