Blatter: "Yaqin orada yangi prezident saylanadi"
02 iyu 2015 22:35
Yangiliklar

Blatter: "Yaqin orada yangi prezident saylanadi"
Yozef Blatter FIFA prezidentligi lavozimini tark etishini malum qildi.
79 yoshli Blatter 29 may kuni beshinchi muddatga qayta saylangandi. U saylovda Iordaniya shahzodasi Al Husayn ustidan g'alaba qozongandi.
"Men uzoq yillar davomida FIFA va futboldek ajoyib sport turi bilan bog'liq ishda faoliyat olib bordim. Men FIFAni boshqalardan ko'ra ko'proq yaxshi ko'raman va tashkilotni faqat va faqat yaxshilash tarafdoriman. SHu sababli, prezidentlik lavozimida qolishga qaror qilgandim. Meni qayta saylashganida menga yangi imkoniyat yaratilgandi. Lekin, hamma ham ushbu qarorni qo'llab-quvvatlamayapti.
SHu sababli navbatdan tashqari chaqiriq o'tkazdim va o'z vakolatlarimni topshirmoqchiman. Va endi yangi prezident saylanadi. Rejadagi keyingi kongress 2016 yilning mayida Meksikada o'tkaziladi. Lekin, biz buncha kuta olmaymiz. SHu sababli, FIFA ijroiya qo'mitasidan iloji boricha tezroq navbatdan tashqari kongressni tashkil qilishini so'rab qolaman", - deydi Blatter.

Fikrlar