Blan "Fenerbaxche"ni boshqarishi mumkin

8 apr 2020, 02:25
"L`Equipe" xabariga ko'ra, fransiyalik murabbiy Loran Blan Turkiya chempionatida ish boshlaydi.

Uning "Fenerbaxche"ga kelishi kutilmoqda. Istanbulliklarning oldingi murabbiyi Ersun Yunal mart oyining boshida iste'foga chiqarilgan, shundan keyin koronavirus pandemiyasi tufayli Turkiya superligasida tanaffus yuzaga kelgandi. Ayni paytda murabbiy vazifasini Zeki Murat Gyole bajarib turibdi. Jamoaga yangi boo' murabbiy yozda tayinlanishi ma'lum qilingan.

O'xshash yangiliklar


Manba: L`Equipe