So’nggi yangiliklar

15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  0 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10

Bizni derbi kutmoqda Yangiliklar

Bizni derbi kutmoqda

Bugun "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasida Superliganing 1-tur qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Aslida bu o'yin 8 mart kuni o'tkazilishi lozim edi, biroq har ikki jamoaning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki sabab PFL 16 mart sanasiga qoldirishni maqul ko'rdi. 

Eng kuchli ikkita klub qarama-qarshiligi 

SHubhasiz, "Paxtakor" va "Lokomotiv" hozirgi paytda O'zbekistonning eng kuchli ikki klubi bo'lib turibdi. Aytish mumkinki, O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari mana shu jamoalar tarkibida jamlangan. SHu tomonlama ham bugungi bellashuv o'ziga yarasha qiziq kechishi kutilyapti. Endi bu qura - nima ham derdik, Superliganing ilk turidayoq chempionlikka davogar jamoalarni bir-biriga qarshi qilib qo'ydi. SHu jihatdan ham bugungi o'yinga etibor katta va stadionga tashrif buyuradigan muxlislarning zerikarli o'yin ko'rmasligi kutilmoqda. 


O'zgarishlar 

Mavsumlar oralig'ida ikkala jamoada bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Xususan "Paxtakor" safini asosiy tarkibdan Kamoliddin Tojiev, Jamshid Iskanderov, Azim Ahmedov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh, Akmal SHorahmedov, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev kabi futbolchilar tark etdi. "Lokomotiv" bilan esa Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaredze, Sanjar SHoahmedov, Ikrom Aliboev, Sadriddin Abdullaev, Marat Bikmaev singari asosiy tarkib o'yinchilari xayrlashishdi. 

"Paxtakor" o'z safini darvozabon Sanjar Quvvatov ("Nasaf"), Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), Sadriddin Abdullaev ("Lokomotiv"), Doston Hamdamov ("Anji"), Akrom Komilov ("Bunyodkor"), Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), Odil Hamrobekov ("Nasaf"), Javohir Sidiqov ("Qo'qong'1912") kabi futbolchilar bilan to'ldirgan bo'lsa, "Lokomotiv" safiga Aziz Haydarov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), Filip Rayevac ("Bunyodkor"), Yovan Jokich (AGMK), Davron Hoshimov ("Navbahor"), Javohir Ilyosov ("Metallurg"), Arslonmurot Amanov ("Buxoro"), Avazbek O'lmasaliev ("Neftchi") singari futbolchilar qo'shildi. 


Marat Bikmaev 

Bugungi bellashuvni "Paxtakor" hujumchisi Marat Bikmaev diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuboradi. Malumki, Bikmaev o'tgan yil Superliganing 31-turida "Lokomotiv" safida aynan "Paxtakor"ga qarshi bahsda sportchiga xos bo'lmagan harakatni qilgani uchun 2ta o'yinga chetlatilgandi. Bikmaev o'tgan yil Superliganing oxirgi turida maydonga tushmadi va mana endi joriy mavsumdagi ilk o'yinni ham o'tkazib yuboradi. 

Marat Bikmaevga alohida to'xtalishimizning boisi u "Paxtakor" safida to'rtta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urdi. U OCHL doirasida "Eyr Fors", "Al Nasr", "Persepolis" va "Al Ahli" klublariga darvozasiga bittadan to'p kiritdi. Aytish mumkinki, bugun Maratning yo'qligi "Paxtakor" uchun jiddiy yo'qotish bo'ladi.

 

Temurxo'ja Abduxoliqov 

"Lokomotiv" muxlislarining bu mavsum Temurxo'ja Abduxoliqovdan umidi katta. O'zbekiston chempionatining 2016 yildagi eng yaxshi to'purari bu yil Superkubokda AGMK darvozasiga gol urdi, shuningdek OCHLda "Al Vahda" darvozasiga ham to'p kiritdi. Bundan tashqari safarda "Al Rayan" bilan kechgan o'yinda aynan Temurxo'janing to'p uzatishidan so'ng raqib darvozasi ishg'ol qilindi. Bugungi bellashuv Abduxoliqov o'zini ko'rsatishi kutilyapti. 


O'tgan yilgi qarama-qarshilik 

2018 yilgi futbol mavsumida Superliga yangicha formatda o'tkazilgani bois jamoalar o'zaro 4 marta o'ynashdi. Birinchi bosqichning birinchi davrasida "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi 0:0 hisobida yakun topgan. SHuningdek "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yinida ham durang qayd etilgan 1:1. 

Ikkinchi bosqichda esa "Lokomotiv" har ikki bellashuvda g'alaba qozondi. Jamoa safarda 3:1 va o'z maydonida 3:2 hisobida asosiy raqibini mag'lub etdi. Birinchi o'yinda "Loko" safida Anzur Ismoilov, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev to'p kiritgan bo'lsa, maydon egalari tarkibida Farrux Sayfiev gol urgan. "Lokomotiv" stadionida kechgan bellashuvda esa Igor Yelich, shuningdek Bikmaev ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Mehmonlar safida Dragan CHeran bilan Tiago Bezerra gol muallifi bo'lgan. 

Sanjar Quvvatov vs Javohir Ilyosov 

Hozir har ikki klub darvozasini yangi darvozabonlar qo'riqlamoqda. Qizig'i shundaki, Sanjar Quvvatov ham, Javohir Ilyosov ham "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Bugun ikkala posbon ham o'z mahoratini namoyon etsa ajab emas. 


Sadriddin Abdullaev vs Jamshid Iskanderov 

Bu yil "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasida o'ziga xos rokirovka yuz berdi. "Loko" yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev "Paxtakor"ga o'tdi. O'z navbatida "Paxtakor" futbolchisi Jamshid Iskanderov "Lokomotiv" libosini kiydi. Har ikki futbolchi hurmatga loyiq o'yinchilardan. 

To'g'ri, ularning o'ynaydigan joyi va vazifasi birmuncha farq qiladi, lekin go'yoki bugungi bahsda ular bir-biriga qarshi harakat qiladigandek. Sadriddin asosan "qora ish" bilan shug'ullanadi, yani raqib hujumlarini to'xtatib qo'yishga harakat qiladi. Jamshid esa erkin ijodkor sifatida o'ynashni xush ko'radi. Ikkala futbolchida ham to'p uzatish mahorati etarli. Bugungi o'yinda bu futbolchilardan chiroyli to'p uzatishlarni ko'rsak ajab emas.


Jaloliddin Masharipov vs Sardor Mirzaev 

Bugungi bellashuvda yana ikki futbolchiga alohida etibor qaratamiz. Bular - Jaloliddin Masharipov bilan Sardor Mirzaev. Har ikki futbolchi o'z jamoasida asosiy etakchi hisoblanadi va bu o'yinda ularning katta sahnaga chiqishi kutilyapti. Masharipov asosan aldamchi harakatlari va raqib jarma maydoniga tezkorlik bilan yorib kirishi orqali ajralib turadi. Sardor Mirzaev esa o'zining sevimli chap qanotidan kirib borib darvoza tomon zarba berishni yoqtiradi. Aytish mumkinki, ko'p hollarda uning zarbasi kuchli va aniq chiqadi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика