So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Bizni aldagan "etti". Aleksisning MYUda o'rni yo'q Yangiliklar

Bizni aldagan "etti". Aleksisning MYUda o'rni yo'q

CHililik futbolchi zaxirada qolsa ham bo'ladi. Mourino uning haqiqiy joyini topa olmayapti.

"Manchester Yunayted" Genrix Mxitaryanni Aleksis Sanches bilan almashtirganida, ko'pchilik chililik futbolchini yangi jamoasida o'ynab keta olishini kutgandi. U "Arsenal" tarkibida asosan chap qanotda harakat qilardi, Mourino ham uni aynan o'sha poziciyada o'ynatmoqda.

Aleksis MYUga o'tganidan keyin jamoada birdaniga ikki muammo paydo bo'ldi. Birinchidan, Pol Pogbada o'zini tutishi va taktik tomondan betartib o'ynashi kuzatila boshlandi. Sanches o'yin davomida Pogbaning joyida ham o'ynamoqda. Aynan Sanchesning transferidan keyin franciyalik va Jozening o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi: Pogba asosiy tarkibdagi joyini yo'qotdi, uning o'rnida Skott Maktominey o'ynamoqda.

Ikkinchidan, "Yunayted"da chap qanot hujumida birorta muammo yo'q edi. Markus Reshford va Antoni Marsyal bu poziciyada katta raqobat olib borishardi. Aynan shu ikki futbolchi orqali "Yunayted" raqibiga katta bosim uyushtirardi: agarda asosiyda Reshford o'ynaydigan bo'lsa, u raqiblarini charchatardi va o'rnini Marsyalga bo'shatib berardi. SHu sxema teskarisiga ham ishlatilardi.

O'ng qanot vingeri masalasi esa necha yillardan buyon har doim ochiqligicha turibdi. Van Gal davrida bu joyda Xuan Mata to'p surardi, uning tezligi va gavdasi bo'lmaganligi uchun markazda o'ynashga kuchi etmasdi. Yozda Mourino o'ng qanot uchun hech kimni xarid qilmadi va yoshi kattaroq himoyachi Antonio Valensiyani ham himoya ham yarim himoyada yugurtirmoqda. SHu boisdan ham orqa chiziqda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda.

So'nggi uchrashuvlarda Joze qanotlardagi nomaqbullikni yo'qotishga erishdi hisob. Aleksis va Reshford chap qanotda o'ynamoqda, Marsyal esa o'zi uchun biroz noqulaylik qilayotgan o'ng tomonda harakatlanmoqda. Vaziyatga qarab uchrashuv davomida poziciyalar o'zgarib turibdi. Bundan kelib chiqmoqdaki, bir futbolchining orqasidan jamoadagi barcha taktik sxemalar o'zgarib ketdi.

To'g'ri, agarda Aleksis chap qanotda shiddat bilan o'ynab, yorib kirishni uddalaganida bemalol boshqa futbolchilarga gollar kiritish uchun imkoniyat yaratib bergan bo'lardi. CHililik futbolchi o'zining eng yaxshi jismoniy holatida bo'lsa, dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanadi, uning pushka kabi zarbasini qaytarishning va o'zini yiqitmasdan to'xtatishning iloji yo'q.

"Yunayted"da Aleksisning kerakmasga chiqarilgan versiyasi (talqini) o'ynayotgandek tuyulmoqda. U to'pni yo'qotish, raqiblarni aldab o'ta olmaslik, to'pni sheriklariga etkazib berolmaslikda "etakchi" bo'lib turibdi. O'yin vaqtidagi foydali ish koefficienti ham juda past, xuddi raqiblari uchun o'ynayotgandek ko'rinmoqda.

Balkim chililikning o'zi ham "Yunayted"da o'yinlari unchalik o'xshamayotganini sezayotgandir. Mourino uchun Aleksisni oldingi jismoniy holatiga qaytarishning bir yo'li shundaki, uni zaxirada ushlab turish, shu orqali undagi bosimni biroz kamaytirib, yana o'yinga chanqoq qilib asosiy tarkibga qaytarsa bo'ladi. O'shanda Aleksis birinchi davradagi kabi sermahsullikni namoyish eta olishi mumkin. Joze esa Sanchesni keyingi mavsumda o'zini ko'rsatishiga ishonmoqda.

Agarda Joze Aleksisni chap qanotda o'ynataversa, "Yunayted"ning bu mavsumdagi ishlari yurishmasligi katta extimol. O'ngda Marsyal o'ynayversin, Mata esa o'yinga juda yaxshi kirishib keta oladi, keng ko'lamli ishni bajaradi va zaxiraga qaytadi, uning vazifasi shunday. Statistika haqiqatni so'zlaydi: agarda Mata asosiy tarkibda o'ynasa, "Yunayted" g'alabaga erishmoqda, usiz - ochko yo'qotmoqda.

Aleksis va Pogba borasidagi qiyinchiliklar Mourino jamoasida muammolar keltirib chiqarayotgani aniq: moliyaviy tomondan ham va boshqa tomonlardan ham. "Yunayted"da pul ko'p bo'lsa ham, ko'plab yulduzlarni olib kelib, ularga maosh to'lash juda qiyin. Yangi futbolchi shunday bo'lishi kerakki, u "Yunayted"ning mexanizmiga har doim ijobiy tasir o'tkazsin va eng yaxshi taraflarini ko'rsata olsin.

"Brayton"ga qarshi bahsdan keyin Joze futbolchilarida qandaydir ko'pligini aytib, shogirdlarini qattiq tanqid ostiga oldi. Bu o'yinda Pogba va Aleksis zaxirada qoldi, shunday bo'lgan taqdirda ham jamoada muammolar yarq etib ko'zga tashlandi. Bir futbolchi markazda pressing uyushtirmasa, pasning orqasidan xuddi kuchuk kabi yugurib yuribdi. Bu esa jamoaning o'yinni qurishida xalaqit qilayotgandi.

Jamoadagi o'yin asosiy ijrochilar Pogba va Sanchesning atrofida yaratishga harakat qilinmoqda. Ular - yulduzlar, har doim jamoani oldinga boshlashga intilishadi, raqibning zich otryadi oldida tiz cho'kishga xaqqi yo'q. Bundan bir necha yillar oldin Fergi qo'l ostidagi "Manchester Yunayted"da Xuan Sebastyan Veron, SHinji Kagava kabi futbolchilar bor edi, ular ham maydonda o'z joyini topa olmadi va jamoani tark etdi. Keyinchalik, Van Gal davrida Anxel Di Mariya ham shu holatga tushib qoldi. 

Ishlar yuqori darajada emas, muxlislar va matbuotning bosimi pleymeykerlarning sifatlarini yopib qo'yadi, agarda futbolchilarga alohida funkciyalar va poziciyalarga ajratilib, ularga konkret vazifalar berilsa, ular kreativlikni namoyish etishlari mumkin. Buning uchun balansni ushlab turib, maydondagi har bir futbolchiga alohida rol berilishi kerak. Ayni damda Mourino jamoasida bu yo'qdek ko'rinmoqda.

"Manchester Yunayted" yana kuchli jamoaga aylana olmayapti. Jamoa top-yulduzlarni transfer qilishga qodir, biroq ularni ishlatishni ham bilish kerak. Matich va Maktominey kabi klassik tayanch yarim himoyachilari ayni damda barqaror, ular Pogba va Sanchesdan yorqinroq va taktik tomondan tartibliroq harakat qilishmoqda. Barchasi oddiy - Nemanya va Skott poziciyani to'g'ri tanlamoqda, jamoaning joylashuvini yaxshi his qilmoqda va sheriklari bilan chiroyli o'ynamoqda.

Sanchesda ham Pogbada ham Manchesterda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatlar etarlicha, biroq hozircha ular murabbiyning aytganini qilishlari kerak, fintlarni ishlatish hozircha shart emas. Agarda "Manchester Yunayted" yulduzlari o'zlari uchun o'yin namoyish etaverishar ekan, jamoa sovrinlardan umid qilmasa ham bo'laveradi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика