So’nggi yangiliklar

19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  0 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   0 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  9 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   13 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  4 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  48 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  2 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  52 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  16

"Bizga Yildirimlar kerak" yoxud orzudagi futbol haqida Yangiliklar

"Bizga Yildirimlar kerak" yoxud orzudagi futbol haqida

Tajribali futbol muxlislari orasida Aziz Yildirim haqida eshitmagan, o'qimagan, bilmagani oz bo'lsa kerak.

Mazkur kishi haqida birinchi bor 7-8 yil oldin "Erudit sport"da o'qiganim yodimda. O'shanda Aziz Yildirim shaxsiyatiga nisbatan salbiy fikrlar uyg'ongandi. Keyinchalik o'rganish natijasida xulosalarning malum qismi o'zgardi. Hozir ham Yildirimning "qora" ishlari, hibsga olingani-yu oqlangani haqidagi malumotlarni bir chekkaga otaylik-da, yaxshi jihatlar haqida suhbatlashaylik.

Turkiyaning 9 ming yillik tarixi bor Diyorbakir shahrida tug'ilgan Aziz Yildirim Istanbulning "Fenerbahche"siga muxlislik qiladi. U suyukli jamoasida prezidentlik maqomini egallagan kam sonli baxtlilardan. "Fenerbahche" tarixida klubni eng ko'p boshqargan ham u...

Yildirim shaxsiyatiga hurmatimni oshirgan jihat shuki, Azizjon aka o'z klubi taqdiriga bevosita yoki bilvosita tarzda aloqador bo'lish ehtimoli bo'lgan voqeliklarga munosabat bildirishni, o'z haqqini talab qilishni "sindirib qo'ygan". 

Oxirgi kunlarda o'zbek futboliga etishmayotgan unsurlar haqida ko'p o'ylab yuboryapmiz shekilli, yarim tunda shunaqa fikr keldi: "Futbolimizga Aziz Yildirimlar etishmaydi".

Xabaringiz bor, ayni paytda kelishilgan o'yinlar mavzusi muhokama markazida bo'lib turibdi. Bu mavzu ko'tarilganda orzu qilgandimki (etibor qiling, umid emas), qaysidir klub rahbari chiqib, 2006 yilda Italiya tanlagan yo'l tanlanishini, aybdorlar to'liq jazolanishini talab qiladi. Xususiy klublar kelishilgan o'yinlar tashkilotchilari va ishtirokchilarining barchasi jazolanmas ekan, ichki musobaqalarga boykot elon qiladi (1). Jurnalistlar matbuotni "yondiradi" (2). Muxlislar adolat o'rnatilgunga qadar stadionlarni tark etadi (3). Nihoyat, adolat tiklanadi (4)...

SHu kabi o'ylar uyqu bermayotgan paytda odatda boshqalar menga aytadigan gap xayolimni buzdi: "Tushun, uka. Bu er - O'zbekiston". Keyin orzudagi futbol borasidagi fikrlar o'rnini o'zimizning futbol haqidagi haqiqatlar egalladi:

1. Yo'q, hech qaysi klub rahbari chiqmadi, jamoalarning hech biri boykot haqida o'ylab ham ko'rgani yo'q. Bu juda qo'rqinchli alomat. SHubha qilishga moyilroq odam bo'lsa, "O'zbekistonda bunaqa talab bilan chiqa oladigan darajadagi toza klub qolmabdi-da" deb o'ylab qo'yishi mumkin. CHunki normal holatda aksincha bo'lishi kerak. Masalan, 2006 yilgi "kalchopoli"ni eslasak, hammasi "Inter" rahbari Massimo Moratti bir necha bor adolat talab qilib chiqqanidan keyin boshlanganiga guvoh bo'lamiz.

2. Yo'q, bu mavzu matbuotda katta "rezonans" uyg'otmadi. Nima ham deymiz, iqtidorlilar iqtidorga ketaverar ekan, jurnalistikaning ahvoli boshqacha bo'lishi mumkin emas.

3. Yo'q, muxlislar stadiondan butunlay ketib qolishmadi. Alomatlar ichida yagona yoqimlisi ham shu. Futbol qaysi darajada bo'lsa-da, har doim o'z ishqibozini topadi.

4. Adolat?..

SHu joyida o'rinli savol tug'iladi: adolat kimga kerak o'zi? O'zbek klublariga emas. O'zbek jurnalistlariga emas. O'zbek muxlislariga emas. Adolat o'z haqqi uchun kurashishdan qo'rqmaydigan Aziz Yildirim kabilarga kerak. Bizga esa Yildirimlar kerak, deyman-u uxlashga harakat qilaman (Adolatni yolg'izlatib qo'ymaslik uchun). Xayrli tun, yaxshilar!

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика