"Bizam oxirida urib yig'latib ketolarkanmizku" - "Al-Garafa" - AGMK o'yini haqida "Tvitter nima deydi?"
08 apr 2021 15:56
Yangiliklar
"Bizam oxirida urib yig'latib ketolarkanmizku" - "Al-Garafa" - AGMK o'yini haqida "Tvitter nima deydi?"
Unda O'zbekistondan AGMK jamoasi Qatarning "Al-Garafa" klubiga qarshi o'yin o'tkazdi. Vakillarimiz 120-daqiqada Yovan Jokichning goli evaziga uchrashuvda g'alaba qozondi va OCHL guruh bosqichiga yo'l oldi.
Ayni shu uchrashuv haqida ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Tvitter tarmog'ida turli fikrlar yangradi. Biz ulardan eng saralarini yig'ib chiqdik.
Futbol muxlisasining o'yin davomida yozgan tviti:
Agmk uraqol endi.... shuncha moment (
— Dildora Holbaeva (@dildoraholbaeva) April 7, 2021
Tushungan tushundi, deyisharmidi?!
Mirjamol - top! Burchakdan darvozaga tepishga 1 emas, 2 marta jur'at topdi va foyda keltirdi.
Aslida, Mirjalol toproq. 1994-yilning dekabridagi mehnatlari AGMKni OCHLga olib chiqyapti:)
— Faxriddin (@Ruziev_F9) April 7, 2021
Ko'p hollarda o'zbek jamoalari so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgani evaziga biror narsadan quruq qolar edi:
Biz oxirida gol eb yuraveramizmi, mana bizam oxirida urib yig'latib ketolarkanmizku)
— Tolibjon Qosimov (@QosimovTolibjon) April 7, 2021
Tvitterda yozilgan yozuvli emociya:
Goooooooooooolllllll
— R/S (@Rovsh07) April 7, 2021
Jokichning urgan goli kimning uslubiga o'xshaydi?
Van Persidaqa urdi Jokich
— Herolion (@Aslanov_K) April 7, 2021
Ikki insondan chiqqan bir fikr:
AGMK malades! Nasaf uchun xam OFK kubogiga yo'l ochdi
— Andijonlik Begali (@temuriy1) April 7, 2021
AGMK malades
AGMK malades! Ham o'zini, ham Nasafni xalqaro o'yinlarga olib chiqdi
— Tolibjon Qosimov (@QosimovTolibjon) April 7, 2021
Izohsiz:
Olmalik Al-Garafani o'yin so'ngida muzlatib ketdi)
— Rahmatullo (@hamzaevr) April 7, 2021
AGMK matbuot xizmati "Nasaf"ga OFK kubogida omad tiladi:
«Nasaf» jamoasiga OFK kubogida omad tilaymiz! pic.twitter.com/JYAhLUbjFH
— AGMK (@FCAGMK) April 7, 2021
Og'abek Samisov tayyorladi
Fikrlar